Gipostil
Gipostil (yun. hypostylos — ustunlar yordamida koʻtarilgan) — usti yopiq hashamatli xona (ibodatxona yoki saroy zali) shiftining kolonnalar qatori ustiga tayantirib joylashtirilishi. G. yoki G.li zallar Qad. Sharq meʼmorligida (Misr, Eron) keng qoʻllangan. Karnakaat Amon ibodatxonasi (mil. av. 13-asr oxiri) G. zalining eni 103 m, ichkarisi 52 m, maydoni 5000 m2 ga yaqin boʻlgan. Tomi 16 qatorli har bir qatori 10 ta kolonnadaga tayangan. Markaziy nefida 6 qatorli, (qar birida 2 tadan) kolonnalar boʻlgan. Markaziy kolonnalar bal. 20,4 m, diametri 3,4 m. Kapiteli ochilgan papirus guliga oʻxshash. Yon tomonidagi kolonnalar bal. 16 m, gʻunchasimon kapiteli tosh bloklarni berkitib turibdi. Har bir kolonnaga muqaddas Amon xudosini ulugʻlovchi tasvirlar ishlangan. Maydoni kengdek, shifti esa goʻyo havoda parvoz qilayotgandek tuyuladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |