Gipotonik eritmalar - biolda osmotik bosimi oʻsimlik va hayvonlar toʻqimalari hujayralaridagiga nisbatan past boʻlgan har xil eritmalar. G. e.da hujayralar suvni soʻrib olib, hajmi oshadi va osmotik faol organik va mineral moddalarning bir qismini yoʻqotadi. Odam va hayvonlar qonidagi eritrotsitlar G. e.da juda shishib ketishi tufayli hujayra qobigʻi yorilib, yemiriladi. Bu hodisa gemoliz deyiladi. Yana q. Gipertonik eritmalar va Izotonik eritmalar.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil