Gippokrat yuzi
„Gippokrat yuzi“, lotincha: Facies Hippocratica (facies lotin tilida – yuz) – bu yuz koʻrinishida koʻzlar botib kirganligi, lunjlarning osilib qolganligi, oʻtkirlashgan burun, koʻkimtir-rangpar va sovuq ter bilan qoplagan yuza tasvirida namoyon boʻladigan qorin boʻshligʻi aʼzolarining oʻgir kasalliklari (peritonit, oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak va boshqalar) hamda surunkali uyqusizlik belgisi boʻladi.
Birinchi marta Gippokrat tomonidan Prognostikan (Προγνωστικόν, „Oldindan bilish“) asarida tasvirlangan:
Burun oʻtkir, koʻzlar ichkariga kirgan, chakkalar bosilgan, quloqlar sovuq, quloq liqildoqlari buralgan, peshana terisi qattiq, tortilgan va quruq va butun yuz rangi yashil, qora yoki rangpar yoki qoʻrgʻoshin rangda.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Гиппократ. Прогностика 2. // Этика и общая медицина. — СПб.: Азбука, 2001. — С. 185. — 352 с. — 10 000 экз. — ISBN 5-267-00505-3.