Girlfriend

kanadalik qoʻshiqchi

Girlfriend“ kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Avril Lavigne ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning The Best Damn Thing (2007) nomli uchinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 2007-yilning 27-fevralida albomning asosiy singli oʻlaroq Columbia va RCA Records leybllarida eʼlon qilingan[1]. Tanqidchilar „Girlfriend“ni Toni Basil ijro etgan „Mickey“ (1982) va The Rubinoos guruhi ijro etgan „I Wanna Be Your Boyfriend“ (1979) qoʻshiqlari bilan oʻxshashliklarga sohibligini taʼkidlashgan. „I Wanna Be Your Boyfriend“ ashulasi matni mualliflari Lavigne va Dr. Lukeni mualliflik huquqini buzganlikda ayblab sudga ham berishgan, biroq sud ularga nisbatan qoʻyilgan ayblovni olib tashlagan.

„Girlfriend“
Avril Lavigne qoʻshigʻi
„The Best Damn Thing“ albomidan
B tomon „Alone“
Chiqarilgan sanasi 27-fevral, 2007-yil(2007-02-27)
Yozib olingan 2006
Janr
Davomiyligi
  • 3:37 (albom versiyasi)
  • 3:25 (Dr. Luke remiksi)
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
Avril Lavigne singllari xronologiyasi
„Keep Holding On“
(2006)
Girlfriend
(2007)
„When You're Gone“
(2007)
Klipi
„Girlfriend“ YouTubeda

„Girlfriend“ qoʻshigʻi musiqa tanqidchilari tomonidan xush kutib olingan. Tarona xalqaro miqyosda shuhrat qozongan. Xususan, AQSh, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiya kabi sakkiz davlat xit-paradlarida eng yuqori pogʻonagacha koʻtarilgan. Qoʻshiq Lavignening Billboard Hot 100 va Billboard Top 40 Mainstream xit-paradlarida birinchi pogʻonani egallagan ilk singlidir. Bundan tashqari, ashula koʻplab mamlakat xit-paradlarida eng yuqori oʻntalikka kirgan. Qoʻshiq uchun The Malloys [en] rejissyorligida klip ham suratga olingan. Unda Lavignening bir yigit uchun kurashayotgan ikki alter-egosi aks etgan. 2007-yilning iyunida taronaning remiksi chiqarilgan. Qoʻshiq remiksi amerikalik reper Lil Mama bilan birgalikda ijro etilgan. Lavigne „Girlfriend“ qoʻshigʻini 2007-yilda oʻtkazilgan MuchMusic Video Awards, 2007-yilda oʻtkazilgan Teen Choice Awards va 2008-yilda oʻtkazilgan Juno Awards taqdirlash marosimlarida ijro etgan.

„Girlfriend“ taronasi AQSh va Avstraliyada multi-platina sertifikati bilan taqdirlangan. Umumjahon boʻylab 7,3 milliondan ortiq nusxada sotilib, 2007-yilning eng bozori chaqqon qoʻshiqlaridan biriga aylangan. 2008-yilda qoʻshiq uchun olingan videoklip YouTubeda 100 million martadan ziyod koʻrilgan birinchi videoga aylangan. Rolling Stone jurnali tuzgan „Top 100 Songs of 2007“ roʻyxatida ashula 35-oʻrinni egallagan. Shu kungacha, qoʻshiqning turli tillarda ijro etilgan bir necha versiyalari chiqarilgan. 2010-yilda qoʻshiq „2000-yillarning Hot 100 chartiga kirgan eng muvaffaqiyatli qoʻshiqlari“ roʻyxatida 94-oʻringa loyiq topilgan. Allmusic tarixdagi eng ahamiyatli pop-pank qoʻshiqlardan biri deb topgan[2]. Shuningdek, ashula koʻplab yutuqlarga, jumladan, „Most Addictive Track“ nominatsiyasida MTV Europe Music Award, „Song of the Year“ nominatsiyasida Los Premios MTV Latinoamérica, „Choice Music: Single“ nominatsiyasida Teen Choice Award va „Favorite Song“ nominatsiyasida Nickelodeon Kids' Choice Awardga sazovor boʻlgan. „Single of the Year“ nominatsiyasida esa Juno Awardga nomzod sifatida koʻrsatilgan.

Manbalar tahrir

  1. „RIAA - Gold & Platinum Searchable Database - February 24, 2013“. Recording Industry Association of America. 25-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-may 2012-yil.
  2. „arxiv nusxasi“. 2015-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-may.

Havolalar tahrir