Girokompas (giro... va kompas) — geografik meridianiga nisbatan kemalar yoʻlini koʻrsatib beruvchi asbob. Ishlash tarzi giroskop bilan Yerning sutkalik aylanishi xossalaridan foydalanishga asoslangan; bu gʻoyani fransuz olimi L. Fuko taklif qilgan. G. kemalarning biror moʻljalga va b. kemalarga tomon yoʻnalishini aniqlash uchun ishlatiladi. Kemaning chayqalishi tufayli G.ning notoʻgʻri koʻrsatishi maxsus moslamalar yordamida tuzatib turiladi. G.ning kamchiligi shuki, qutb kengliklarida yoʻnaltirish kuchi kamayadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil