Girya (fors. — yigʻi, oʻkirik) — oʻzbek mumtoz musiqasiga mansub ikki qismli ashula turkumi. 1-qismi Chapandoz, 2-qismi esa Talqincha doira usullarida. Parda tuzilishi va bosh ohangi Shashmaqomniig Segoh maqomiga mos keladi. G. lirik asar boʻlib, mahbubaga yetish yoʻlidagi mashaqqatlarni aks ettiruvchi gʻazallar bilan aytiladi. Ilgari diniy mazmundagi sheʼrlar bilan ham aytilgan. Cholgʻu kuy sifatida ham yakka sozlarda (koʻproq tanbur, dutor va gʻijjakda), ham turli ansambllarda ijro etiladi. S. Yudakov vokalsimfonik asarlarida, Sayfi Jalil va R. Hamroyev simfoniyalarida "G.1" dan foydalanishgan, B. Umidjonov uni joʻrsiz xor uchun qayta ishlagan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil