Gistiotsitlar
Gistiotsitlar (gisto... va yun. hytos — hujayra) — umurtqali hayvonlar va odamlardagi biriktiruvchi toʻqima qujayralarining bir xili. Toʻp-toʻp boʻlib yoki yakka-yakka joylashadi. Yumaloq, boʻlak-boʻlak, duksimon, koʻpincha, uzun va oʻsikli boʻladi. Soxta oyoqchalar yordamida harakatlanadi. Erigan kolloid moddalarni organizmning boshqa qujayralariga nisbatan koʻproq yutib, protoplazmasiga toʻplay oladi. Fagotsitoz xususiyatiga ega boʻlgani uchun organizmda himoya vositasini oʻtaydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |