Gistonlar — oʻsimlik va hayvonlar hujayrasi yadrosida uchraydigan oqsillar. G. arginin va lizin qoldiklariga boy boʻlib, ishqoriy xossalarga ega. Mol. m. 11000—21000. Yadroda DNK bilan birikkan holda uchraydi, xromatinning 25—40%ni (quruq ogʻirlik hisobida) tashkil etadi. G. xromatin tarkibini turgʻunlashtiradi, nuklein kislotalar (DNK va RNK) sintezlanishining boshqarilib turishi zvenolaridan biri qisoblanadi. G. hujayra membranasining yuqori molekulyar birikmalarga nisbatan oʻtkazuvchanligini kuchaytiradi. G.ning ishqoriy xususiyati ular garkibiga kiradigan aminokislotalarni hosil kiladigan diaminomonokarbon (ikkita amin va bitta karboksil) guruxlar bilan bogʻliq.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil