Gitlerchilarga qarshi koalitsiya

Gitlerchilarga qarshi koalitsiya — Ikkinchi jahon urushi davomida yuzaga kelgan, Germaniya, Italiya, Yaponiya hamda ularning sheriklari ittifoqiga qarshi turgan davlatlar va xalqlarning keng koʻlamli harbiysiyosiy ittifoqi. G.q.k.ga turli manfaat va maqsadlarni koʻzlagan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, sobiq Ittifoq, Xitoy va b., jami 50 dan ziyod mamlakat birlashdi. Uning tarkibiga kirgan Albaniya, Avstraliya, Belgiya, Braziliya, Hindiston, Kanada, Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar buyuk davlatlar bilan birga umumiy dushmanga qarshi kurashda oʻz qurolli kuchlarini ishga solgan, baʼzi bir davlatlar (Meksika va b.) moddiy koʻmak bergan. Shoʻro qoʻshinlari oʻz qududiga bostirib kirgan dushman armiyalarini tor-mor keltirib, Sharqiy va Markaziy Yevropani gitlerchilardan ozod qilgan boʻlsa, ittifoqchilarning qurolli kuchlari Germaniyaning Gʻarbiy Yevropada joylashgan qoʻshinlari hamda militaristik Yaponiyaning harbiy qudratini sindirib, ittifoqdoshlariga qurolyarogʻ, harbiy texnika, oziq-ovqat bilan yordamlashib, umumiy gʻalabaga salmoqli hissa qoʻshdi. Gitlerchilar va sheriklari bosib olgan mamlakatlarda vujudga kelgan yashirin Qarshilik koʻrsatish harakati bosqinchilarga zarba berib turdi. G.q.k.ning Ikkinchi jahon urushida qozongan tarixiy gʻalabasida frontga askar kuchlarini joʻnatgan, armiyani qurol-yarogʻ, kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan taʼminlab turgan, minglab koʻchirib keltirilganlarga boshpana bergan, yetim-yesirlarni bagʻriga bosgan Oʻzbekistonning ham ulushi bor.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil