Giulietta Masina (talaffuzi: Mazina Julyetta; 1921.22.2, Bolonya shahri yaqinida — 1994) — italyan kinoaktrisasi. Eng yaxshi rollarini eri F. Fellini filmlari („Yoʻl“, „Kabiri tunlari“, „Julyetta va atir“, „Jinjer va Fred“ va boshqalar)da oʻynadi va katta shuhrat qozondi. Uning ijodi lirik chekinishlar va groteskning kontrast boʻyoklar bilan uygunlashuvi, nozik psixologik talqini va realistik ijro uslubi bilan ajralib turadi. Chet el filmlari („Sunʼiy ipak kiygan qiz“, „Yons va Erdme“, Germaniya va boshqalar)la ham suratga tushgan. Keyingi yillar koʻp qismli televizion filmlar („Eleonora“, „Kamilla“ kabi)da oʻynagan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil