Charles Édouard Guillaume

(Giyom Sharl Eduarddan yoʻnaltirildi)

Charles Édouard Guillaume (talaffuzi: Charlz Edouard Guillaume) (1861.15.2, Flerye - 1938.13.6, Parij) — shveysariyalik fizik va metrolog. Ilmiy ishlari asosan metrologiyaga oid. 1883—1889 yillarda chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlashga va metrning platina-iridiyli etalonlarini bir-biriga solishtirishga oid ishlarda qatnashgan. Guillaume 1 kg suvning hajmini aniqlagan. Aniq asbobsozlik, metrologiya va geodeziya sohalarida katta ahamiyatga ega boʻlgan invar tipidagi krtishmalar seriyasini yaratgan. Nobel mukofoti laureati (1920).[1]

Charles Édouard Guillaume

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil