Gleb Borisovich Vaxmistrov (1920–1994) – Sovet Armiyasi podpolkovnigi, sinov uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1976).

Gleb Vaxmistrov
Tavalludi 18-avgust 1920-yil
Toshkent
Vafoti 19-iyul 1994-yil
Nijniy Novgorod
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 19411958

Hayoti tahrir

Gleb Vaxmistrov 1920-yil 18-avgustda Toshkentda tavallud topgan. Bolaligi va yoshligi Moskvada oʻtgan. 1938-yilda maktabning 10-sinfini, 1941-yilda Moskva torf institutining uchta kursini tugatgan. 1941-yil dekabrda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1944-yilda Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo kuchlari muhandislik akademiyasini, 1945-yilda Sasovodagi 3-harbiy aviatsiya boshlangʻich uchuvchilarni tayyorlash maktabini va 1947-yilda Stalingrad harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini tamomlagan. 1947–1950-yillarda Noginskdagi fuqaro aviatsiyasi ilmiy-tadqiqot instituti 4-direktsiyasining sinov uchuvchisi boʻlib xizmat qilgan. Gleb reaktiv qiruvchi samolyotlarni sinovdan oʻtkazishda qatnashgan[1].

Vaxmistrov 19501953-yillarda Amurdagi Komsomolskda 125-sonli aviatsiya zavodini harbiy qabul qilish boʻyicha sinov uchuvchisi boʻlgan. „MiG-15bis“ seriyali reaktiv qiruvchi samolyotlarining sinov uchuvchisi boʻlgan. 19531958-yillarda Gorkiy aviatsiya zavodida sinov uchuvchisi boʻlib xizmat qilgan. „MiG-17“, „MiG-19“ qiruvchi samolyotlarini, shuningdek ularning turli xil modifikatsiyalarini sinovdan oʻtkazgan. Gleb Borisovich 1958-yil iyul oyida podpolkovnik unvoni bilan zaxiraga oʻtkazildi, shundan soʻng Gorkiy aviatsiya zavodida sinov uchuvchisi boʻlib ishladi. U tovushdan tez uchuvchi „MiG-19“, „MiG-21“, „MiG-25“ qiruvchi samolyotlarini sinovdan oʻtkazgan[2].

Sinov uchuvchisi Gleb Vaxmistrov SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1976-yil 29-martdagi farmoni bilan „Yangi samolyot texnologiyasini sinovdan oʻtkazishda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“, „Oltin yulduz“ medali, Lenin ordeni hamda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Gleb 1978-yilda ishini tark etdi, shundan soʻng 1991-yilgacha Gorkiy aviatsiya zavodining konstruktorlik byurosida muhandis boʻlib ishladi. Nijniy Novgorodda yashagan. Borisovich 1994-yil 19-iyulda vafot etdi va Nijniy Novgorodning Qizil qabristoniga dafn qilindi.

Podpolkovnik Gleb SSSRda xizmat koʻrsatgan sinov uchuvchisi (1966). U ikkita Lenin ordeni, Oktyabr inqilobi va Qizil Yulduz ordeni, shuningdek, bir qator medallar bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir

  1. „Вахмистров, Глеб Борисович“. Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.
  2. „Gleb Vaxmistrov“ (ru). Герои страны („Heroes of the Country“).