Gli
Gli (tax. 2004-yil – 2020-yil 7-noyabr)[1][2] – Istanbulda joylashgan Ayo Sofiya ibodatxonasida yashashi bilan tanilgan mushuk. Shuningdek, turistlarning eʼtibori ortidan internetda ham mashhurlikka erishgan. Gli 2004-yilda tugʻilgan va Ayo Sofiyada tarbiya topgan. 2020-yilda Ayo Sofiya masjidga aylantirilgach, mushuk ommaviy axborot vositalarining eʼtiboriga tushgan.
Gli 2020-yil 7-noyabrda Istanbulning Levent shahridagi veterinariya klinikasida vafot etdi. Mushuk jasadi Ayo Sofiya binosiga dafn etilgan. Instagramdagi @hagiasophiacat akkaunti Gliga bagʻishlangan boʻlib, mushuk vafoti davrida sahifaga 118,000 dan ortiq odam obuna boʻlgan.
Hayoti
tahrirGli 2004-ilda Ayo Sofiyada tugʻilgan. Ushbu mushukning Pati va Kızım ismli ikkita ukasi bor edi. Glining faqat bitta, Karakız ismli qora rangli zurriyoti bor edi[3]. Gli oʻsha paytda muzey boʻlgan Ayasofiyani ziyorat qilgan sayyohlar tomonidan sevilgan va u masjidning ramziga aylangan. Gli birinchi marta Barak Obama 2009-yilda Ayasofiyaga tashrif buyurganida Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan Glini erkalashi ortidan mashhurlikka erishgan. Ayasofiyaning masjidga aylantirilishi eʼlon qilinganidan soʻng, Gli haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda va yangiliklarda tez-tez tilga olinishi mushukka shuhratning yangi toʻlqinini olib keldi. Prezident voizi İbrahim Kalın: „Bu mushuk juda mashhur boʻlib ketdi, hali u qadar mashhur boʻlmaganlari ham bor. Bu mushuk u yerda yashaydi va barcha mushuklarga masjidlarimizga xush kelibsiz deb qolaman“ deya fikr bildirdi[4].
Gli 2020-yil 7-noyabrda Leventdagi veterinariya klinikasida vafot etdi, u 24-sentyabrdan beri davolanayotgan edi. Mushuk jasadi Ayo Sofiya bogʻiga dafn etilgan[2].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Hagiasophiacat“. 2020-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 „Famous Hagia Sophia cat Gli dies at age 16“ (en). Daily Sabah (2020-yil 7-noyabr). 2021-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
- ↑ hagiasophiatr „Gli the Cat of Hagia Sophia“ (en-US). Hagia Sophia (2017-yil 14-dekabr). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-aprel.
- ↑ Usta, Bülent; Küçükgöçmen, Ali. „Gli the cat can stay even as Istanbul's Hagia Sophia changes“ (2020-yil 24-iyul). 2020-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
Adabiyotlar
tahrir- Geddo, Benedetta „Did you know Istanbul's Hagia Sophia has a resident cat?“ (en). Lonely Planet. 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
- „Ayasofya'nın bekçisi kedi Gli“ (tr). NTV. 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
- Karaburç, Harun „Ayasofya'nın kraliçesiyim“ (tr-TR). Yeni Şafak (2018-yil 28-yanvar). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
- „Ayasofya'nın maskotu Gli“ (tr). Milliyet (2018-yil 27-noyabr). 2020-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
Havolalar
tahrirVikiomborda Gli haqida turkum mavjud |