Sofiya ibodatxonasi

Ayasofya
(Ayo Sofiya ibodatxonasidan yoʻnaltirildi)

Ayasofya (turkcha: Ayasofya; qadimgi yunoncha: Ἁγία Σοφία; lotincha: Sancta Sapientia; soʻzma-soʻz'Holy Wisdom'), rasman Ayasofya masjidi (turkcha: Ayasofya-i Kebir Cami-i Şerifi)[1], Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan yirik madaniy, tarixiy masjid va sobiq cherkov. Sharqiy Rim imperiyasi tomonidan bu yerga ketma-ket qurilgan uchta cherkov binosining oxirgisi hisoblanadi. Masjid milodiy 537-yilda qurib bitkazilgan. Ushbu bino eramizning 360-1453 yillarigacha yunon pravoslav cherkovi boʻlgan. Toʻrtinchi salib yurishi va 1261-yillar oʻrtasida Lotin katolik cherkovi sifatida foydalanilgan[2]. 1453-yilda Konstantinopol qulagandan soʻng 1935-yilgacha masjid boʻlib xizmat qilgan, shundan soʻng muzeyga aylangan. 2020-yilda unga yana masjid maqomi berildi.

Hozirgi inshoot Vizantiya imperatori Yustinian I tomonidan 532-537-yillarda Vizantiya imperiyasi uchun Konstantinopol xristian cherkovi sifatida qurilgan. Bino yunon geometriyachilari Miletlik Isidor va Tralleslik Anthemius tomonidan loyihalashtirilgan[3]. U rasmiy ravishda Xudoning Muqaddas Hikmat cherkovi deb atalgan (grekcha: Ναὸς τῆς Ἁγίας τοῦ Θεοῦ Σοφίας)[4][5]. Bino Vizantiya arxitekturasining timsoli sanaladi[6][7]. Keyingi davr Vizantiya meʼmorchiligidan boshlab, Ayasofya paradigmatik pravoslav cherkoviga aylandi va uning meʼmoriy uslubi ming yil oʻtgach Usmonlilar tomonidan taqlid qilindi[8]. U „ xristian olamida oʻziga xos mavqega ega“[8] va Vizantiya va Sharqiy pravoslav sivilizatsiyasining meʼmoriy hamda madaniy belgisi sifatida tasvirlangan[8][9][10].

Tarixi

tahrir

Birinchi cherkov Buyuk Cherkov (lotincha: Magna Ecclesia; qadimgi yunoncha: Μεγάλη Ἐκκλησία) nomi bilan tanilgan[11]. Chunki shahardagi zamonaviy cherkovlarning oʻlchamlari bilan solishtirganda uning kattaligi birinchi oʻrinda turadi[12]. 5-asrdagi cherkov tarixchisi Konstantinopol Sokratining maʼlumotlariga koʻra, imperator Konstantiy Irene deb nomlangan cherkov yonida Buyuk cherkov qurdirdi, u juda kichik boʻlgani uchun imperatorning otasi tomonidan kengaytirilib, obodonlashtirildi[13][14]. 7 yoki 8-asrlardagi anʼanaga koʻra, bino Konstantsiyning otasi Buyuk Konstantin tomonidan qurilgan (h. 306–337)[14]. Miletlik Gesychius Konstantin Ayasofiyani yogʻoch tom bilan qurdirganini va bu joydan 427 ta (asosan butparast) haykallarni olib tashlaganini yozgan[15].

Yaqin atrofdagi Aya Irina („Muqaddas Tinchlik“) cherkovi avvalroq qurib bitkazilgan, Buyuk cherkov qurib boʻlinmaguncha sobor sifatida xizmat qilgan. Aya Irinadan tashqari, shahar markazida 4-asr oxirigacha boʻlgan yirik cherkovlar haqida hech qanday maʼlumot yoʻq[16]. Rowland Mainstonning taʼkidlashicha, 4-asrda cherkovga hali Ayasofiya deb nom berilmagan edi[17]. Uning „Buyuk cherkov“ nomi boshqa Konstantinopolitan cherkovlariga qaraganda kattaroq ekanligini bildiradi[16].

Ken Dark va Yan Kostenecning fikriga koʻra, IV asr bazilikasining yana bir qoldigʻi Yustinian cherkovining gʻarbiy tomonidagi joylashgan boʻlishi mumkin[18]. Devorning yuqori qismi V asrga oid tamgʻalari bilan muhrlangan gʻishtdan qurilgan, pastki qismi esa IV asrga xos gʻishtdan qurilgan[18]. Bu devor, Konstantin va Teodosiya Buyuk cherkovlarining gʻarbiy qismidagi propylaeumning bir qismi boʻlgan[18].

Manbalar

tahrir
  1. Eyice, Semavi (1991). "Ayasofya" (tr). İslâm Ansiklopedisi [Hagia Sophia]. 4. Istanbul: Turkish Diyanet Foundation. 206–210 b. https://islamansiklopedisi.org.tr/ayasofya. 
  2. Phillips, Jonathan. The Fourth Crusade and the sack of Constantinople. Penguin Books, 2005. ISBN 978-1-101-12188-7. OCLC 607531385. 
  3. Kleiner, Fred S.. Gardner's Art Through the Ages: Volume I, Chapters 1–18, 12th, Mason, OH: Wadsworth, 2008 — 329-bet. ISBN 978-0-495-46740-3. 
  4. Downey, Glanville (January 1959). "The Name of the Church of St. Sophia in Constantinople". Harvard Theological Review 52 (1): 37–41. doi:10.1017/s001781600002664x. ISSN 0017-8160. http://dx.doi.org/10.1017/s001781600002664x. 
  5. Hamm, Jean S.. Term Paper Resource Guide to Medieval History (en). ABC-CLIO, 2010 — 39-bet. ISBN 978-0-313-35967-5. „Hagia Sophia, or the Church of Holy Wisdom, is one of the world's most spectacular churches, representing not only great beauty, but also masterful engineering.“ 
  6. Fazio, Michael. Buildings Across Time, 3rd, McGraw-Hill Higher Education, 2009. ISBN 978-0-07-305304-2. 
  7. Simons, Marlise. „Center of Ottoman Power“. The New York Times (1993-yil 22-avgust). Qaraldi: 2009-yil 4-iyun.
  8. 8,0 8,1 8,2 Heinle & Schlaich 1996
  9. Cameron 2009.
  10. Meyendorff 1982.
  11. Müller-Wiener (1977), p. 84.
  12. Janin (1953), p. 471.
  13. Mainstone, Rowland J.. Hagia Sophia: Architecture, Structure and Liturgy of Justinian's Great Church (en). London: Thames and Hudson [1988], 1997 — 131-bet. ISBN 978-0-500-27945-8. 
  14. 14,0 14,1 Janin (1953), p. 472.
  15. Patria of Constantinople
  16. 16,0 16,1 Dark, Ken R.. Hagia Sophia in Context: An Archaeological Re-examination of the Cathedral of Byzantine Constantinople (en). Oxford: Oxbow Books, 2019 — 11–12-bet. ISBN 978-1-78925-030-5. 
  17. Mainstone, Rowland J.. Hagia Sophia: Architecture, Structure and Liturgy of Justinian's Great Church (en). London: Thames and Hudson [1988], 1997 — 132-bet. ISBN 978-0-500-27945-8. 
  18. 18,0 18,1 18,2 Dark, Ken R.. Hagia Sophia in Context: An Archaeological Re-examination of the Cathedral of Byzantine Constantinople (en). Oxford: Oxbow Books, 2019 — 12–15-bet. ISBN 978-1-78925-030-5.