Gliklazid
Gliklazid
| |
Sistematik (IUPAC) nomi | |
N-(hexahydrocyclopenta[c]pyrrol-2(1H)-ylcarbamoyl)-4-methylbenzenesulfonamide | |
Identifikatorlar | |
CAS raqami | |
ATK kodi | ? |
PubChem | ? |
Kimyoviy maʼlumot | |
Formulasi | C15H21N3O3S |
Mol. massasi | 323.41 g·mol−1 |
Sinonimlari | Diamicron, Diaprel, Azukon[1] |
Farmakokinetik maʼlumot | |
Biofoydalilik | ? |
Metabolizm | metilgidroksigliklazid va karboksigliklazidga ko'rinishida |
Yar. parch. davri | 10.4 soat |
Ekskretsiya | ? |
Terapevtik tavsiyalar | |
Homiladorlik kat. |
tavsiya etilmaydi |
Qonuniy statusi | |
Qabul qilish | Tabletka korinishida |
Gliklazid sulfoniluriya guruhidan ogʻiz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik antidiyabetik faol moddadir, u boshqa shunga oʻxshash birikmalardan endotsiklik bogʻlanishga ega boʻlgan N-oʻz ichiga olgan geterotsiklik halqa bilan ajralib turadi.Gliklazid Langergans orolchalarining b-hujayralari tomonidan insulin sekretsiyasini ragʻbatlantirish orqali qondagi glyukoza darajasini pasaytiradi. Insulin darajasining oshishi va ovqatdan keyin C-peptid sekretsiyasi ikki yillik davolanishdan keyin ham saqlanib qoldi.
Gliklazid ushbu metabolik xususiyatlardan tashqari gemovaskulyar xususiyatlarga ham ega.
Nojoʻya taʼsirlariga gipoglikemiya, qusish, qorin ogʻrigʻi, toshma va jigar muammolarini oʻz ichiga olishi mumkin[2][3]. Buyrak yoki jigar muammolari boʻlgan yoki homilador boʻlganlar tomonidan foydalanish tavsiya etilmaydi[2][3]. Gliklazid sulfoniluriya guruhidagi dorilar guruhiga kiradi[3].
Farmakodinamikasi
tahrirInsulin ajralib chiqishiga taʼsiri:
tahrir2-tipdagi diabetda gliklazid glyukozaga javoban insulin sekretsiyasining birinchi avj olishini tiklaydi va insulin sekretsiyasining ikkinchi fazasini oshiradi. Ovqat isteʼmol qilish yoki glyukoza bilan qoʻzgʻatilgan ragʻbatlantirishga javoban insulin javob sekretsiyasini sezilarli kuchayishi kuzatiladi[4].
Gemovaskulyar xususiyatlari:
tahrirGliklazid diabet asoratlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan quyidagi ikkita mexanizm yordamida mikrotrombozni qisqartiradi:
- trombotsitlarni (beta tromboglobulin, V2 tromboksan) faollashtirish markerlari qisqargani holda trombotsilarning agregatsiyasini va adgeziyasini qisman susaytirilishi;
- plazminogen toʻqima aktivatorining faolligi oshgani holda tomirlar endoteliysining fibrinolitik faolligiga taʼsir koʻrsatilishi.
Farmakokinetkasi
tahrirSoʻrilishi
tahrirPlazmada moddaning darajasi dastlabki 6 soat mobaynida bosqichma-bosqich koʻpayib boradi va yuborilganidan soʻng oltinchidan oʻn ikkinchi soatgacha saqlanib qoladigan qiymatga yetadi. Bunda patsiyentlar orasida past oʻzgaruvchanlik (variabellik) qayd etiladi. Gliklazid toʻliq soʻriladi. Ovqat isteʼmol qilish soʻrilish tezligi yoki darajasiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Taqsimlanishi
tahrirPlazma oqsillari bilan bogʻlanishi taxminan 95 % ni tashkil etadi. Taqsimlash hajmi taxminan 30 litrni tashkil etadi.
Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan 60 mg tabletkakuniga bir marta qabul qilinganidan soʻng gliklazidning plazmadagi samarali konsentratsiyasi 24 soat davomida saqlanib turadi.
Biooʻzgarishi
tahrirGliklazid asosan jigarda metabolizmga uchraydi va organizmdan siydik bilan chiqariladi; siydikda oʻzgarmagan holda 1 % dan kamroq uchraydi. Plazmada faol metabolitlar aniqlanmagan.
Chiqarilishi
tahrirGliklazidning yarim chiqarilish davri 12 va 20 soat oraligʻida boʻladi.
Proporsionalligi/teskari proporsionalligi
tahrir120 mg gacha yuborilgan doza va vaqt davomida konsentratsiyaning egri chizigʻi ostidagi maydoni oʻrtasida bir tekis nisbat kuzatiladi.
Nojoʻya tasirlari
tahrirJigar tomonidan buzilishlar
tahrirJigar faoliyatini teri va koʻzlar sargʻayishini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan buzilishi haqida ayrim xabarlar qayd etilgan. Bunday simptomlar paydo boʻlganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Simptomlar odatda dorini qabul qilish toʻxtatilganida yoʻqoladi. Shifokoringiz davolashni toʻxtatish kerakligini aniqlaydi.
Teri tomonidan buzilishlar
tahrirToshma, qizarish, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi kabi terida yuz beradigan reaksiyalar haqida xabarlar mavjud (qovoqlar, yuz, lablar, ogʻiz, til va tomoq kabi toʻqimalarning tezda shishib ketishi nafas olishning qiyinlashishiga olib kelishi mumkin). Toshma rivojlanib, pufakchalarni keng tarqalishiga yoki terini koʻchishiga sabab boʻlishi mumkin.
Kamdan-kam hollarda ogʻiroʻta sezuvchanlik reaksiyalarning (Drug Reaktion with Eosinophilia and Systemic Symptoms, DRESS) belgilari: avvaliga grippga oʻxshash simptom va yuzda toshma koʻrinishidagi, soʻngra esa yuqori haroratda uzoq muddatli toshma koʻrinishidagi belgilar qayd etilgan.
Qon tomonidan buzilishlar
tahrirTerini ocharishi, uzoq davom etadigan qon ketishi, koʻkarishlar, tomoqda ogʻriq va yuqori haroratni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan qonda hujayralar (masalan, trombotsitlar, qizil va oq qon hujayralari) sonini kamayishi haqidagi xabarlar kelib tushmagan. Ushbu simptomlar odatda davolash toʻxtatilganidan keyin yoʻqoladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
tahrirQorinda ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, meʼda faoliyatini buzilishi, diareya va qabziyat. Ushbu taʼsirlar DIABYeTON MR 60 mg ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalar tavsiyalarga muvofiq ovqat bilan qabul qilinganida kamayadi.
Koʻrish aʼzosi tomonidan buzilishlar
tahrirQisqa vaqt davomida, ayniqsa davolash boshlanishida koʻrish qobiliyatiga taʼsir etishi mumkin. Ushbu taʼsir qonda qand miqdori oʻzgarishi bilan bogʻliq.
Sulfonilmochevina guruhidagi boshqa preparatlarida boʻlgani kabi quyidagi noxush holatlar: qon hujayralari sonini sezilarli oʻzgarishlari va qon tomir devorlarini allergik yalligʻlanishi holatlari, qonda natriy miqdorini pasayishi (gironatriyemiya), jigar faoliyatini buzilishi simptomlari (masalan, sargʻayish) qayd etilgan boʻlib, ular koʻpchilik holatlarda sulfonilmochevina guruhidagi preparatlar bekor qilinganidan keyin yoʻqolgan, ammo ayrim yakka holatlarda hayot uchun xavfli boʻlgan jigar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Metabolizmi
tahrirGliklazid odamlarda bir nechta faol bo'lmagan metabolitlarga, asosan metilgidroksigliklazid va karboksigliklazidga qadar keng metabolizmga uchraydi. CYP2C9 inson jigar mikrosomalarida gidroksigliklazid hosil bo'lishida va in vitro rekombinant P450s panelida ishtirok etadi[5][6]. Ammo gliklazidning farmakokinetikasiga asosan CYP2C9 genetik polimorfizmi o'rniga CYP2C19 genetik polimorfizmi ta'sir qiladi[7][8].
Manbalar
tahrir- ↑ , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „Gliclazide - Drugs.com“. www.drugs.com.
- ↑ 2,0 2,1 (Wayback Machine saytida 2022-09-22 sanasida [https://web.archive.org/web/20220922022052/https://www.medicines.org.uk/emc/medicine/31089 arxivlangan) „Gliclazide Accord-UK 30mg Prolonged-release Tablets - Summary of Product Characteristics (SmPC)“]. (emc) (12-fevral 2021-yil). 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 British National Formulary : BNF 69, 69, British Medical Association, 2015 — 474-bet. ISBN 9780857111562.
- ↑ „Diabeton 60 mg“. Medu.uz. Qaraldi: 11-iyun 2022-yil.
- ↑ Rieutord, A; Stupans, I; Shenfield, GM; Gross, AS (1995). „Gliclazide hydroxylation by rat liver microsomes“. Xenobiotica. 25-jild, № 12. 1345–54-bet. doi:10.3109/00498259509061922. PMID 8719909.
- ↑ Elliot, David J.; Lewis, Benjamin C.; Gillam, Elizabeth M. J.; Birkett, Donald J.; Gross, Annette S.; Miners, John O.; Miners, JO (2007). „Identification of the human cytochromes P450 catalysing the rate-limiting pathways of gliclazide elimination“. British Journal of Clinical Pharmacology. 64-jild, № 4. 450–7-bet. doi:10.1111/j.1365-2125.2007.02943.x. PMC 2048545. PMID 17517049.
- ↑ Zhang, Yifan; Si, Dayong; Chen, Xiaoyan; Lin, Nan; Guo, Yingjie; Zhou, Hui; Zhong, Dafang (2007). „Influence of CYP2C9 and CYP2C19 genetic polymorphisms on pharmacokinetics of gliclazide MR in Chinese subjects“. British Journal of Clinical Pharmacology. 64-jild, № 1. 67–74-bet. doi:10.1111/j.1365-2125.2007.02846.x. PMC 2000619. PMID 17298483.
- ↑ Xu, H; Williams, K M; Liauw, W S; Murray, M; Day, R O; McLachlan, A J (2009). „Effects of St John's wort and CYP2C9 genotype on the pharmacokinetics and pharmacodynamics of gliclazide“. British Journal of Pharmacology. 153-jild, № 7. 1579–86-bet. doi:10.1038/sj.bjp.0707685. PMC 2437900. PMID 18204476.