Toshma
Toshma — teri va shilliq qavatlarga turli rangdagi dogʻ, tuguncha, pufakcha va boshqa toshishi. Teriga tashqi taʼsirotlar (mas., sovuq, issiq, kislota, ishqor) taʼsir etganda, baʼzi yuqumli kasalliklar (skarlatina, qizamiq, qizilcha, tif, zaxm va boshqalar)da intoksikatsiya, moddalar almashinuvi buzilganda, meʼdaichak yoʻli, jigar, nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari kasalliklarida, turli dorilar (antibiotiklar)ni qabul qilganda T. toshadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |