Zaharlanish — zaharli modda organizmga ogʻiz, meʼdaichak, nafas yoʻllari orqali kirganda, teridan soʻrilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda roʻy beradigan kasallik holati. Organizm faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Zaharlanishning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga qaysi yoʻl bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizikkimyoviy holati (gaz, eritma, chang va hokazo), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit omillariga bogʻliq, Odamlarda zaharlanishning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Oʻtkir zaharlanish tasodifiy va qasddan boʻlishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli taʼsiri tufayli yuzaga kelib, hayotiy muhim funksiyalarning izdan chiqishi bilan kechadi. Surunkali zaharlanish. zaharli moddaning organizmga uzoq vaqt ozozdan taʼsir etishi oqibatida roʻy beradi; dorilardan boʻladigan, shuningdek, kasbkorga aloqador zaharlanishlar kuzatiladi. Turmushda zaharlanish kundalik hayotda uchrab turadi. Maye, pechka yoqish va gaz plitalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda is yoki yoritish gazidan zaharlanish; aynigan ovqat isteʼmol qilinganda zaharlanish (qarang Ovqatdan zaharlanish); alkogoldan zaharlanish; dezinseksiya, deratizatsiya va b. maqsadlar uchun ishlatiladigan ximikatlardan zaharlanish Dorilardan zaharlanish ular dozalanganda, yanglish ishlatilganda, notoʻgʻri tayyorlanganda kelib chiqadi. Odamning nechogʻli qattiq zaharlanishi shu doriga organizmning qanchalik sezgirligiga ham bogʻliq (qarang Idiosinkraziya). Kasbga aloqador zaharlanish baʼzi korxonalarda xavfsizlik texnikasi kridalari buzilib, qoʻrgʻoshin, simob, mis, mishyak birikmalaridan zaharlanganda roʻy berishi mumkin. Tasodifiy va qasddan (mas, oʻzini yoki birovni oʻldirish maqsadida) zaharlanish ham ajratiladi. Kuchli taʼsir etadigan moddalar va dorilar notoʻgʻri saqlanganda koʻpincha bolalar zaharlanib qoladi. Shuning uchun zaharli dorilar bolalar boʻyi yetmaydigan joyda sakdanish kerak. Kislota va ishqorlardan zaharlanishda badanda qatgiq ogʻriq seziladi, lab va ogʻiz shilliq pardasi kuyadi. Suv yutganda, toʻsh orqasi va osti ogʻriydi; odam qon aralash qusadi. Ovqatdan zaharlangan kishi qornida ogʻriq sezadi, qusadi, ichi ketadi, boshi ogʻriydi, boshi aylanadi, darmoni quriydi, qattiq zaharlangan boʻlsa, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. Alkogol dan zaharlanishda mastlik, avval qoʻzgʻalish, yuz kizarishi, alkogol hidi anqib turishi, soʻngra alahlash, yuzning boʻzarishi, behushlik qayd qilinadi. Narkotik vauxlatuvchi doril ar (morfin, barbital, fenobarbital va hokazo)dan zaharlanishda mudrash, bosh aylanishi, quloq shangʻillashi, qusish, tomir urishining sust va zaif boʻlishi, tirishish kuzatiladi. Is gazi [uglerod §oksid] va yoritish gazidan zaharlanish shu gazlarning nafas yoʻllari orqali kirishidan boʻladi. Belgilari; bosh ogʻriydi, quloq shangʻillaydi, bosh aylanadi, bemorning darmoni quriydi, halloslaydi; pulsi susayadi, koʻngli ayniydi va qusadi; qattiq zaharlanganda tipirchilaydi, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. Zaharlanish alomatlari xilmaxil boʻlib, u jigar, buyrak, qon, markaziy va periferik nerv sistemasining qay daraja zararlanganiga bogʻliq. Davo zaharlanishga sabab boʻlgan zaharli moddani iloji boricha organizmdan tezroq chiqarish choralarini koʻrish, zaharli moddaning zaharini kesuvchi ziddizaharlardan foydalanish, zaharlangan aʼzolar faoliyatini tiklashdan iborat. Birinchi yordam: Zaharlanishga gumon tugʻilganda darhol vrach chaqirish yoki bemorni yaqin oradagi kasalxonaga olib borish kerak. Kislotalar (sirka essensiyasi, xlorid kislota va hokazo)dan zaharlanganda kuydirilgan magneziya bilan suv yoki suvning oʻzini koʻp ichirib, qustiriladi. Bemor behush yoki kollaps holatida boʻlsa, qustirish yaramaydi. Ishqorlar (novshadil spirti)dan zaharlanganda 3 % sirka (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) qoʻshilgan limonli suv ichirib qustiriladi. Soʻngra bir boʻlak muz yuttirib, sovuq qaymoq yoki sutni choy qoshiqlab ichiriladi, xom tuxum, bir boʻlak sariyogʻ yuttiriladi; toʻsh ostiga muzli xalta, qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Ovqatdan zaharlanganda meʼda yuvilgandan keyin qorin va qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Koʻplab issiq ichimlik, quyuq kofe ichiriladi. Alkogoldan zaharlangan kishiga ehtiyotkorlik bilan novshadil spirta hidla tiladi, meʼdasini yuvgach, surgi beriladi, soʻngra bir stakan suvga novshadil spirtidan 3—5 tomchi qoʻshib ichiriladi. Boshiga muzli xalta qoʻyiladi. Koʻp choy yoki quyuq kofe ichiriladi. Narkotik va uxlatuvchi dorilardan zaharlanganda meʼdani yuvgach, bemorni bir oz yurgizish, ustidan sovuk, suv quyib, keyin issiq suvga tushirish, badanini issiq tutish, ishqalash, nafas toʻxtab qolganda sunʼiy nafas oldirish kerak. Is gazi va yoritish gazidan zaharlanganda sof havoga olib chiqib, novshadil spirti hidlatish, sunʼiy nafas oldirish, badanini ishqalash, achchiq choy, quyuq kofe ichirish kerak. Hayvonlar zaharli oʻt, buzilgan yemxashak yeganda, ogʻziga zaharli moddalar tushganda va zaharli gaz bilan nafas olganda zaharlanadi. Zaharlangan hayvon boʻshashadi, soʻlagi oqadi, ichi ketadi, nerv sistemasining faoliyati buziladi. Birinchi yordam: meʼdasi yuviladi, goʻshtxoʻr hayvon va choʻchqalarga qustiruvchi dori beriladi, surgi ichiriladi. Hazm yoʻlida zaharning soʻrilishini sekinlatish uchun adsorbsiyalovchi dorilar beriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil