Glisser (frans. glisser — sirpanmoq) — tezyurar yengil kema. Korpusining tubi yassi, Vsimon yoki botiq shaklda boʻlib, yonida "redan" deb ataladigan chiqigʻi bor. G. tez yurganda vertikal koʻtarish kuchi (gidrodinamik kuch) paydo boʻlib, chiqigʻi suv betiga chiqadi va G. suv yuzida sirpanganday suzadi. Koʻpincha, G.ga yengil porshenli ichki yonuv dvigatellari, gaz turbinalari oʻrnatiladi. Tezligi 200 km/soat dan oshadi. Sport G. lariga reaktiv dvigatellar oʻrnatiladi, ularning tezligi 300 km/soat dan yuqori boʻladi. G. dan yoʻlovchilar tashish, sayr qilish, sport, qoʻriqchilik maqsadlarida foydalaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil