Global innovatsiya indeksi - har yil eʼlon qilinadigan innovatsiyalar sohasidagi reyting boʻlib, iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida boʻlgan mamlakatlarning innnovatsion rivojlanishini baholovchi xalqaro tadqiqot nashri.

Tarixi

tahrir

Mazkur reyting 2007-yildan buyon Kornell universiteti, INSEAD biznes maktabi hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan ishlab chiqilib, maʼlumotlar har yili nashr etib kelinmoqda. GII 7 ta yoʻnalish va 21 ta guruhga boʻlingan 80 ta koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi. Global innovatsion indeks koʻrsatkichlarining 15 tasini xalqaro indekslardan, 4 tasini Jahon iqtisodiyot forumi tomonidan oʻtkaziladigan soʻrovnomalardan va 61 tasini tegishli tashkilotlarning miqdoriy statistik maʼlumotlar bazasidan va boshqa tadqiq etish yoʻli bilan har yilning oktabr oyidan keyingi yilning fevral oyiga qadar yigʻib mamlakatlar reytingini tuzadi.

Hisoblash metodologiyasi

tahrir

Jami 80 ta koʻrsatkichlar 2 ta kategoriyaga kiruvchi 7 ta yoʻnalishga va 21 ta guruhga boʻlingan. Yoʻnalishlar bali mavjud emas, ammo 2 ta subindeks (Innovation input va Innovation output) hamda 21 guruh ballari va reyting ularning ichiga kiruvchi koʻrsatkichlarning oʻrta arifmetik miqdori orqali hisoblanadi.

Hisoblash koʻrsatmalari

Tarkibiy element Ball O ʻrni
Indeks Subindekslarning oʻrta arifmetigi

Hisoblangan ball asosida barcha mamlakatlar orasidagi oʻrni

Subindeks Har bir subindeks oʻz ichiga kiruvchi yoʻnalishlarning oʻrta arifmetigi
Yoʻnalishlar Har bir yoʻnalish oʻz ichiga kiruvchi guruhlarning oʻrta arifmetigi
Guruhlar Har bir guruh oʻz ichiga kiruvchi koʻrsatkichlarning oʻrta arifmetigi
Koʻrsatkichlar Har bir koʻrsatkichning alohida hisoblash formulasi asosida qiymati hisoblanib

barcha mamlakatlarga nisbatan 0 dan 100 gacha boʻlgan ball belgilanadi.

Koʻrsatkichlar boʻyicha texnik ma'lumotlar

tahrir

Indeksdagi 80 ta koʻrsatkichlarning har birida mamlakatga tegishli ball va ushbu ball asosida barcha davlatlar orasidagi oʻrni belgilanadi. Koʻrsatkichlar miqdoriy shu bilan birga sifatiy boʻlgani sababli ularning ballarini hisoblash usullari bir-biridan farq qiladi. Koʻrsatkichlarni quyidagi turlarga boʻlishimiz mumkin.

  1. Miqdoriy (58 ta koʻrsatkich)
  2. Indeks va reytinglardan olingan (18 ta koʻrsatkich)
  3. Sifatiy/soʻrovnoma (4 ta koʻrsatkich)

Miqdoriy koʻrsatkichlar

Ushbu turdagi 58 ta koʻrsatkichlar turli ochiq va xususiy manbalardan olinadi. Bular United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO), the United Nations Industrial Development Organization (UNIDO), the World Intellectual Property Organization (WIPO), the World Bank, the Joint research Centre of European Commission (JRC), PwC, Thomson Reuters, IHS Markit, Wikimedia Foundation, Brand Finance, AppAnnie.

Indeks va reytinglardan olingan koʻrsatkichlar

Ushbu 18 ta koʻrsatkich boshqa reyting va indekslardan olinib hech qanday hisoblash oʻtkazilmaydi.

Sifatiy/soʻrovnoma koʻrsatkichlari

Jahon Iqtisodiy forumining "Rahbarlar fikri soʻrovnomasi" (Executive Opinion Survey EOS) tarkibidan 4 ta koʻrsatkich olinadi.

Koʻrsatkichlar ballarini hisoblash

tahrir

Koʻrsatkichlar boʻyicha statistik ma'lumotlar asosida hisoblangan qiymatlar oʻrniga qiymatiga koʻra 0 dan 100 gacha boʻlgan ball belgilanadi. Bunda, tegishli koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan davlat 100 ball va koʻrsatkichi eng past davlat 0 ball oladi.

Mamlakatlarni reytingga kiritish talablari

tahrir

Davlatlarning reytingga kirish talablariga asosan mamlakatlar subindekslaning har biridan kamida 66% koʻrsatkichlari boʻyicha ma'lumot taqdim etilgan boʻlishi kerak. Bunda, birinchi 5 ta yoʻnalishga kiruvchi istalgan 35 ta koʻrsatkich va oxirgi 2 ta yoʻnalishga kiruvchi istalgan 18 ta koʻrsatkich boʻlishi kerak. Taqdim etilmagan koʻrsatkichlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.

Maʼlumotlar manbai

tahrir

Global innovatsiya indeksini tuzuvchi tashkilot maʼlumotlarni mustaqil ravishda 28 ta xalqaro tashkilotlardan olinadi. Xalqaro tashkilotlar oʻz navbatida maʼlumotlarni bazalariga soʻrovnomalar tarqatish yoki boshqa instrumentlar orqali mamlakatlardan oladi. Koʻrsatkichlarning 4 tasi Jahon bankining Doing Business reytingidan, 4 tasi Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksidan, 4 tasi Jahon bankining World Governance Indicators reytingidan va 1 tasi BMT davlat boshqaruvi (e-Government Survey) reytingidan olinadi.

Reyting

tahrir

2021-yil natijalari boʻyicha yuqori 50 talik[1]

Mamlakat Income Group

Rank

1 Sweysariya 1
2 Swetsiya 2
3 Amerika Qoʻshma shtatlari 3
5 Janubiy Koreya 5
6 Niderlandiya 6
7 Finlandiya 7
8 Singapur 8
9 Daniya 9
10 Germaniya 10
11 Fransiya 11
12 Xitoy 12
13 Yaponiya 13
14 Gong Kong 14
15 Isroil 15
16 Kanada 16
17 Islandiya 17
18 Avstriya 18
19 Irlandiya 19
20 Norvegiya 20
21 Estoniya 21
22 Belgiya 22
23 Luxemburg 23
24 Chexiya 24
25 Avstraliya 25
26 Yangi Zelandiya 26
27 Malta 27
28 Kipr 28
29 Italiya 29
30 Ispaniya 30
31 Portugaliya 31
32 Sloveniya 32
33 Birlashgan Arab Amirliklari 33
34 Vengriya 34
35 Bolgariya 35
36 Malayziya 36
37 Slovakiya 37
38 Latviya 38
39 Lithuaniya 39
40 Polsha 40
41 Turkiya 41
42 Xorvatiya 42
43 Thailand 43
44 Vyetnam 44
45 Rossiya 45
46 Hindiston 46
47 Gretsiya 47
48 Ruminiya 48
49 Ukraina 49
50 Montenegro 50
  1. https://www.globalinnovationindex.org/gii-2021-report