Glossariy – (Maʼlum adabiyot, darsliklarga ibora berish, atama yozish, izoh bildirish) boshqa tilda keltirib oʻtilgan fan iboralarini sharhlash, tushuntirish, tarjima qilish degani. Umumiy qilib aytilganda tarjima qilib beruvchi kam qoʻllanuvchi soʻz yoki iboralar lugʻati. Glossariy alohida nashr etilmay, chet tilidan tarjima qilingan asarlar qismi, bobi ostidan yoki chet tili darsliklarida berilgan mashq matnlari ostida keltirib oʻtiladi. Ularda oʻsha chet tiliga xos boʻlib, matnga kiritilgan soʻzlar yoki iboralar roʻyxati keltirilib, ular izohi ilova qilinadi.

Glossariy koʻproq ingliz, fransuz, nemis tiliga oid adabiyotlardan naʼmuna keltirilganda oʻsha til iboralarni oddiy tilda tushuntirib oʻtilishidir. Bundan tashqari ayrim asar yoki turkumga oid Glossariylar ham bor. Masalan, Vedalarga (mil. av. 1-mingyillik), Gomer asarlariga (mil. av. 5-asrdan boshlab) oid kitoblarda Glossariylar mavjud.

Hozirgi kundagi oʻzbek tilida ijod yurituvchi olim va mutaxassislarning chiqarayotgan adabiyotlarda ham ushbu Glossariylarni koʻrishimiz mumkin.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil