Glossematika
Glossematika (yun. glossematos — til) — umumlingvistik nazariya. 20-asr 30-yillarida Kopengagen universitetida L. Yelmslev va b. tomonidan yaratilgan. Mualliflar gnoseologik masalalar yechimi (bunda mantiqiy pozitivizmning falsafiy taʼsiri nazarda tutiladi)ni qatʼiy inkor etib, yangicha metodlarni ishlab chiqishni moʻljalladilar. Bu metodlar yordamida til hodisalarini qaramaqarshiliklarsiz, mukammal va nihoyatda oddiy qilib (ekspertizm asosida) tasvirlab berish imkoniyati bor. G. moxiyatan F.de Sossyur taʼlimoti bilan alokador va unga juda yaqin turadi. G.dagi lingvistik taxlil metodikasi deduksiya sifatida harakterlanadi. U taxlil qilinayotgan matn asosida sistemani belgilashga olib kelishi kerak. Buning uchun dastlabki maʼlumotlar — yaxlit matn izchillik bilan mayda qismlarga (bosqichlarga, gaplarga, soʻzlarga, boʻgʻinlarga va fonemalarga) boʻlinadi. Har bosqichda birlikni belgilashning asosiy usuli taxlil boʻladi. G.dagi taxlilning ikkinchi muhim bosqichi til birliklari oʻrtasidagi funksiyalarni hisobga olishdir. Oʻzaro bogʻliqlikdan kelib chiqadigan til hodisalarini rasman taxlil va bayon qilishda G. samarali natijalar beradi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Yelmslev L., Metod strukturnogo analiza v lingvistike [Istoriya yazikoznaniya XIX—XX vv. V ocherkax i izvlecheniyax, ch. II ], M., 1965; Gak V. G., K probleme semanticheskoy problematiki [Problemi strukturnoy lingvistiki], M., 1972.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |