Glottoxronologiya

qiyosiy tarixiy tilshunoslikning faraziy usuli

Glottoxronologiya, Til davri taʼlimoti (γλῶττα (glotta) „til“ χρóνος (xronos) „davr“ λόγος (logos) „taʼlimot“) — Bu qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning farazlarga asoslangan uslubi hisoblanib, qardosh tillarning deyarli bir xil lugʻat tarkibining oʻzgarish tezligi asosida taxminiy boʻlingan vaqtini aniqlashdan iborat nazariyadir. Bu faraz amerikalik tilshunos Morris Svodesh tomonidan 1955-yilda taklif etilgan. Bu uslubni olim kimyoda maʼlum boʻlgan radio uglerod uslubi orqali organik moddalarning yoshini aniqlash usulidan andaza olgan holda ishlab chiqqan. Tilshunoslikda bu uslub “leksik yarimboʻlinish” deb ataladi. Glottoxronologiya har bir tilda barcha tillar uchun bir xil boʻlgan maʼlum miqdordagi tushunchalar oʻziga xos barqarorlik va vaqt oʻzgarishiga qarshilikka ega degan gipotezaga asoslanadi. Bu tushunchalar “yadroviy lugʻat” deb ataladi. “Yadroviy lugʻat” uchun 200 talik, 100 talik va 30 talik Svodesh roʻyxatlari mavjud. Bunda eng koʻp murojaat etiluvchi roʻyxat 100 talik lugʻat hisoblanadi.

Ushbu uslub umumiy bobo tildan tarqalgan ikki yoki undan ortiq tillarni har birida mavjud soʻzlarning almashinuv miqdorini hisoblash orqali davr vaqtini aniqlash imkonini beradi. Soʻngra ushbu tillarning paydo boʻlishining taxminiy vaqti hisoblab chiqiladi. Bizga maʼlumki, qardosh tillar vaqt oʻtishi mobaynida bir-birlaridan uzoqlasha boradilar. Agar ikkala tildagi farq darajasi ancha katta boʻlsa, ularning ancha oldin ajralganini anglash mumkin. Glottoxronologiya esa oʻsha umumiy tasavvurni muayyan shaklini koʻrsatishga harakat qiladi. Glottoxronologiya asosida tillarning lugʻat tarkibidagi nisbiy oʻzgarishlarning bir nechtasi eʼtirof etilgan:

  1. geografik, tarixiy, ijtimoiy-madaniy vazifalariga bogʻliq boʻlmagan istalgan tilda uchratsa boʻladigan bir qancha soʻzlar;
  2. leksika doirasida shunchaki tasodifiy tarzda oʻzgarishga uchragan tushunchalarni anglatuvchi soʻzlar.

Tilning oʻzgarishi yangi tushuncha emas va uning tarixi Hayms (1973) va Uells (1973) asarlarida koʻrib chiqilgan. Glottokronologiyaning paydo boʻlishining oʻzi XX asrning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Emblton (1986) va MakMexon (2005) tomonidan ushbu soha muammo darajasiga koʻtarilgan.

Bu kabi taxminiy va ehtimoliy oʻzgarishlar barcha tillarda ozmi koʻpmi kuzatiladi. Bunday xususiyat orqali bir qancha xulosalarga kelish mumkin. Glottoxronologiya asoschisi M. Svodesh umuminsoniy tushunchalarni ifoda etuvchi shunday soʻzlar roʻyxatini ishlab chiqqan. Ming yil yoki undan oldin ma’lum boʻlgan soʻzlar Svodesh roʻyxati boʻyicha taxminan 19% oʻzgarishga uchraydi. Oʻzgarishga uchragan deb hisoblanayotgan soʻz tilda umumiy tushunchani ifodalab keladi. Bunday soʻzlar hamisha ham tilda yoʻqolmaydi. Ular boshqa ma’noda yoki hatto oʻz ma’nosida saqlanishi mumkin, biroq boshqa soʻz bilan ba’zan ma’nodosh boʻlib qolishi mumkin. Glottoxronologiyada “yadro leksika” deb nomlanuvchi tushuncha mavjud boʻlib, u Svodesh roʻyxati deb ham nomlanadi. Yadro leksikaning 200 talik, 100 talik va 30 talik turlari mavjud. Morris Svodesh tomonidan taklif etilgan yadro leksikasi roʻyxati oʻzlashma soʻzlarga joy berishi juda sekin kechuvchi soʻzlar roʻyxatidan iborat. U avval boshida 200 ta soʻzni oʻz ichiga olar edi. Keyinchalik esa hozirgi zamon tilshunoslari koʻp murojaat etuvchi 100 talik roʻyxatga qisqartirdi. Bu kabi yadro soʻzlar lugʻatida har bir tilda mavjud boʻlgan tushunchalarni ifodalovchi soʻzlardan ajratib olingan. Xususan, kishilik olmoshlari, tana aʼzolari nomi, atrof-muhitga oid soʻzlar, asosiy ish-harakatlarni bildiruvchi feʼllar, „bir“, „ikki“ va shu kabi sonlarni keltirib oʻtish mumkin. Muayyan bir doirada yoki qaysidir bir davrda qoʻllanilgan soʻzlar roʻyxatdan joy olmagan. Ushbu roʻyxatda soʻngra qardosh (kelib chiqishi umumiy boʻlgan) soʻzlar hisoblab chiqiladi. Solishtirilayotgan tillarda qancha qardosh soʻzlar foizi koʻp chiqsa, shuncha ularning boʻlingan davri yaqinda roʻy berganiligini taxmin qilish mumkin. Fanda glottoxronologik konstant tushunchasi ham mavjud. Bu konstant yaʼni oʻzgarmas qiymat Svodeshning 100 talik roʻyxatidan 0,86 son olingan yaʼni bunda oʻzlashma soʻzlar olib tashlanganda olingan son hisoblanadi. Oʻzgarishga uchramagan soʻzlar tezligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

,
bu yerda L — almashinuv tezligi, ln — logarifm, r — glottoxronologik konstant
Tillarning boʻlinish vaqti glottoxronologiyaning asosiy formulasi orqali aniqlanadi:
,
bu yerda t — tilning bir boshqa davrdan boshqasiga oʻtish vaqti, c — roʻyxatdagi birlikning bu davrning oxirigacha saqlanib qolgan foizi, L — ushbu roʻyxatda mavjud soʻzlarning oʻzgarish tezligi.[1][2]

Ilova tahrir

Ayrim turkiy tillarni glottoxronologik jadvali:[3]
Solishtirlayotgan tillar Soʻzlar miqdori Umumiy soʻzlar (foizda) Ajralgan yili

(taxminiy)

Oʻzbekcha Ugʻurcha 101 97.03% mil. 1300-yil
Oʻzbekcha Turkcha 100 93.00% mil. 1000-yil
Oʻzbekcha Chuvashcha 98 75.51% mil. 280-yil
Oʻzbekcha Qirgʻizcha 102 96.07% mil. 1200-yil
Oʻzbekcha Qadimiy turk 103 95.14% mil. 900-yil

Oʻzbek va qirgʻiz tillarining leksik tahlili:
Oʻxshash soʻzlar
burun murun
butun büt
de- (fe’l) te-
ikki eki
ilon ǰɨlan
ingichka ičke
kul kül
men men
mugiz müjüz
nima emne
ogʻir oor
ogʻiz ooz
oyoq ayaq
qil (ot) qɨl
qobiq qabɨq
qoʻl qol
qorin qarɨn
quruq qurɣaq
sovuq suuq
suyak söök
toʻla toltura
yangi ǰaŋɨ
yaproq ǰalbɨrak
yashil ǰašɨl
ye- (fe’l) ǰe-
yiroq ɨraaq
yomgʻir ǰamɣɨr
yumaloq ǰumuru
yurak ǰürök

Nooʻxshash soʻzlar
daraxt (f-t) ǰɨɣač
goʻsht (f-t) et
jigar (f-t) boor
katta (?)[4] čoŋ (?)[5]
pat, par (f-t) ǰün
tuxum (f-t) ǰumurtqa
urugʻ ürön

Nomuvofiq soʻzlar
eshit- uq-
yogʻ may
yoq- küjdür-

Manbalar tahrir

  1. Campbell, Lyle. (1998). Historical Linguistics; An Introduction [Chapter 6.5]. Edinburgh: Edinburgh University Press. ISBN 0-7486-0775-7.
  2. Fomin A. Yu. Glottoxronologicheskoe issledovanie divergensii tadjikskogo, dari i persidskogo yazikov. — Dushanbe: Izdatelstvo RTSU, 2011. — 34 s.
  3. Jadval ma’lumotlari mabayi: http://starling.rinet.ru saytidan olingan.
  4. Kelib chiqishi nomaʼlum soʻzlar, balki soʻgʻd tilidandir
  5. Balki xitoychadir