Goʻsht va sut uchun boqiladigan qoramol zotlari
Goʻsht va sut uchun boqiladigan qoramol zotlari - boʻrdoqiga boqilganda koʻp goʻsht-yogʻ qiladigan, sogʻin davrida koʻp sut beradigan mollar. Bularga aberdin-angus (qarang Aberdinangus qoramol zoti), shvits, olatov, Kostroma, lebedin, bestujev, simmental kabi qoramol zotlari kiradi. Sigirlari vazni 450—550 kg, buqalariniki 800—900 kg. Sigirlari oʻrtacha 2500—3000 kg, ayrimlari 40005000 kg sut beradi. Sutining yogʻliligi 3,7— 4,2%. Bu qoramollarning gavda tuzilishi pishiq, yelini yaxshi rivojlangan. Semirtirilganda 56—58%, hatto 60— 65% (2—3 yoshli bichilgan buqalari) goʻsht-yogʻ qiladi. Oʻzbekistonda shvits va olatov zotlari yaxshi iqlimlashgan. Koʻpchilik viloyatlarda, ayniqsa, shvits mollari sof holda urchitilib, mahalliy zotlarni yaxshilashda foydalanilmoqda (qarang Qoramolchilik).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |