Goʻzal Begim (asl ismi: Goʻzal Matyoqubova; 1974-yil 31-yanvar, Qoʻshkoʻpir tumani, Oʻzbekiston SSR) — shoira, tarjimon, jurnalist[1][2][3][4][5]. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Boshqirdistonning „Ona yuragi“ tanlovi gʻolibasi, AQSHning Ayova Xalqaro Yozuvchilar dasturi ishtirokchisi, Vyetnam xalq respublikasi tomonidan „Xalqaro adabiy aloqalar rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ medali sohibasi. Shuningdek, shoira 2020-yili jurnalistika sohasidagi faoliyati uchun „Yilning eng faol jurnalisti“ deb topilgan.

Goʻzal Matyoqubova
Tavalludi 31-yanvar 1974-yil (1974-01-31) (50 yosh)
Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani Oʻzbekyop qishlogʻi
Taxallusi Goʻzal Begim
Kasbi shoira
tarjimon
jurnalist
Ijod qilgan tillari Oʻzbekcha
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston Milliy universiteti
Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti qoshida tashkil etilgan Oliy adabiyot kursi
Mukofotlari „Xalqaro adabiy aloqalar rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ medali (Vyetnam)

Tarjimai holi

tahrir

Goʻzal Begim (Goʻzal Matyoqubova) 1974-yil 31-yanvar kuni Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani Oʻzbekyop qishlogʻida tugʻilgan. 1996-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 20012003-yillarda Moskvada Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti qoshida tashkil etilgan Oliy adabiyot kursini tamomlagan[6].

Faoliyati

tahrir

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, „Kitob dunyosi“, „Sogʻlom avlod“ gazetalari, „Gʻuncha“ jurnali, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, „Hurriyat“ gazetasi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, Toshkentdagi TMS institutida faoliyat koʻrsatgan.

„Sukunat jarangi“ (1998)[7], „Uchayotgan yaproq soyasi“ (2002), „Majnunsoat“ (2012), „Yoki“ (2018) kitoblari nashr etilgan.

Sheʼrlari „Oʻzbek modern sheʼriyati“ (Toshkent, 2008), „Oʻzbek yosh shoirlari“ (Toshkent, 2008), „Anor-Granat“ (Moskva, 2008), „Annotirovanniy katalog“ (Yerevan, 2009), „Xalqaro antologiya“ (Vyetnam, 2012), „Happiness: The Delight — Tree (Schastye:Derevo Vostorga) “(New-York,2015), „Fairy-tale“ (USA, Iowa, 2015) kabi xalqaro va Oʻzbekiston miqyosidagi jamoa toʻplamlarida chop etilgan[8][9].

Sheʼrlari rus, ingliz, ukrain, bengal, arman, turk, qozoq, vyetnam, boshqird, arab tillariga tarjima qilingan.

Tarjimalari

tahrir

Badiiy tarjima bilan shugʻullanadi. Aleksandr Blok, Anna Ahmatova, Marina Svetayeva, Osip Mandelshtam, Shimborskaya, Sergey Leshakov sheʼrlarini, zamonaviy vyetnam, arman, rus sheʼriyatini, Milorad Pavich, Doirs Lessing nasrini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[10].

Manbalar

tahrir
  1. Davronbek „Go‘zal Begim (1974)“ (ru-ru). n.ziyouz.com (2013-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  2. „Yurt egasidan boshlangan adabiyot bayrami“ (uz-Latn-UZ). https://yuz.uz. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  3. „Oʻzbek sheʼriyati“. 2023-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  4. „Bugun matbuotda...Tojsiz virus qanday virus?“ (uz). xs.uz. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  5. Ашур/Озодлик, Садриддин. „Гўзал Бегим: Маҳмуд Ражаб зиё тарқатгани учун қамалмаслиги керак!“ (uz). Озодлик радиоси (2019-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  6. „Go’zal Begim. Tuproq isi kelar tomirlarimdan & Shoiraning o’zi o’gan she’rlar | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  7. „Go’zal Begim. Ismingiz shu’lasidan qamashar ko’zim… | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  8. Unknown „Yosh jurnalistlar klubi blogi: GO’ZAL BEGIM IJODIDA BAXT TASVIRI (Kecha baxt qarshisida … she’ri misolida)“. Yosh jurnalistlar klubi blogi (16 июня 2014). Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  9. „Гўзал Бегим ижодидан“ (tr). Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  10. oyina.uz „Aфғонистонлик аёллар ва болаларни ёлғиз қолдирманг!“ (kiril). Oyina.uz. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.