Qoʻshkoʻpir
Qoʻshkoʻpir — Xorazm viloyati Koʻshkoʻpir tumanidagi shaharcha (1983-yildan), tuman markazi. Xorazm viloyatining gʻarbida, Gʻozovot kanali boʻyida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansi-yasi — Urganch (27 km). Q.dan Urganch shahrigacha 27 km. Aholisi 42,8 ming kishi (2017). Q.da paxta tozalash, silikat gʻisht zavodlari, MTP, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dehqon bozori bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalari va mik-rofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion va boshqa sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona, poliklinika, dorixonalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Q.dan Urganch, Xiva shaharlari va boshqa tuman markazlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.
Qoʻshkoʻpir | |
---|---|
shahar | |
41°32′0″N 60°21′0″E / 41.53333°N 60.35000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Xorazm viloyati |
tuman | Qoʻshkoʻpir tumani |
Avvalgi nomlari | Zamaxshar (Zam shahar) |
Aholisi (2017) |
42 800 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |