Goʻrifotima
Goʻrifotima (yuqori oqimida Gulxossoy, oʻrta oqimida Togʻchisoy) — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy. Toʻpolondaryoga chapdan quyiluvchi Obizarang (Dashnobod) daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 22 km, havzasining mayd. 116 km2. Navoiy togʻlari (3836 m)dan oqib tushuvchi oʻndan ortiq irmoqlarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Suvining asosiy qismi Tojikiston Respublikasi hududida vujudga keladi. G. asosan qor, yomgʻir, buloqlar va qisman muzliklar suvidan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1,46 m3/sek. Suvining asosiy qismi (70%) mart-iyunda oqib oʻtadi, eng sersuv oylar — aprel (4,17 m3/sek), iyun (3,78 m3/sek), nisbatan kam suvli davr — sentabryanv. (oʻrtacha 0,50 m3/sek). G.da baʼzan sel toshqinlari boʻlib, suv sarfi keskin ortadi (21 m3/sek, 1976-yil 29 aprel). G. suvining asosiy qismi sugʻorishga sarflanadi.
Goʻrifotima | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 22 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |