Gobseck
„Gobseck“ (talaffuzi: Gobsek) — fransuz yozuvchisi va dramaturgi Honoré de Balzac qalamiga mansub qissa. Muallif qissani 1830-yil yozgan. „Gobseck“ keyinchalik Balzacning „La Comédie humaine“ („Inson komdediyasi“) romanlar toʻplamida chop etilgan.
Asarning 1897-yilgi nashri uchun chizilgan rasm | |
Asl nomi | Gobseck |
---|---|
Muallif(lar) | Honoré de Balzac |
Tarjimon(lar) |
Mirziyod Mirzoidov Mahkam Mahmudov |
Til | fransuzcha |
Janr(lar)i | qissa |
Nashr etilgan sanasi | 1830 |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1981 |
„Gobseck“ ilk bor eskiz oʻlaroq 1830-yilning mart oyida „l’Usurier“ („Sudxoʻr“) nomi bilan „La Mode“ jurnalida chop etilgan. Oʻsha yilning avgust oyida „Le Voleur“ jurnalida ham chop etilgan. Qissa toʻlaligicha „les Dangers de l’inconduite“ nomi bilan Mame-Delaunay tomonidan chop etilgan. Mazkur versiya 1835-yil „Papa Gobseck“ nomi bilan Madame Charles-Béchet tomonidan ham chop etilgan. Qissa „Gobseck“ tituli bilan 1842-yil „La Comédie humaine“ toʻplamida chop etilgan.
Syujeti
tahrirQissadagi hodisalar Burbonlar restavratsiyasi davrida sodir boʻladi. Uning bosh qahramoni Anastasie de Restaud boy burjuaning qizi boʻlib, aristokratga turmushga chiqadi, ammo his-tuygʻusiz hayotidan zerikadi. Anastasie Maxime de Trailles degan shaxs bilan oshiq-mashuq boʻladi va bor mulkini unga sarflaydi. Anastasie sudxoʻr Jean-Esther van Gobseckdan moliyaviy yordam soʻraydi. Maître Derville esa Gobseckning huquqshunosi boʻladi. Pirovardida Anastasie oilasidan ham, oilaviy boyliklaridan ham ayriladi.
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrir„Gobseck“ni oʻzbek tiliga Mirziyod Mirzoidov hamda Mahkam Mahmudov tarjima qilgan. Qissa oʻzbek tilida Balzacning „Sagʻri teri tilsimi“ qissasi bilan birga toʻplam oʻlaroq chop etilgan. Toʻplam 1981-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Tursunov – muharrir, V. Pletuxin – rassom, A. Bobrov – rasmlar muharriri, E. Saidov – texnik muharrir, M. Abdusalomova – musahhih. Kitob adadi – 600 000 nusxa.
Havolalar
tahrir