Mirziyod Mirzoidov
Mirziyod Mirzoidov (1930-yil, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR — 1980-yil 6-aprel, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek tarjimoni.
Mirziyod Mirzoidov | |
---|---|
Tavalludi |
1930-yil Yunusobod qishlogʻi, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
6-aprel 1980-yil Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Oʻrta Osiyo davlat universiteti |
Kasbi | filolog, tarjimon, muharrir |
Hayoti
tahrirMirziyod Mirzoidov 1930-yil Toshkent viloyati, Yunusobod qishlogʻida tavallud topgan[1]. 1941-yilda otasi Mirzoid Mirhamidov vafotidan soʻng bobosi sohibkor bogʻbon Mirhamid qoʻlida oʻsgan. 1947-yilda oʻrta maktabni tugatganidan soʻng Oʻrta Osiyo davlat universiteti filologiya fakultetiga oʻqishga kirgan. O‘qishni tugatgach, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir va katta muharrir lavozimida faoliyat olib borgan. 1965-yilda Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilingan. Mirziyod Mirzoidov 1980-yil 6-aprelda 50 yoshida vafot etgan[1].
Ijodiy faoliyati
tahrirMirziyod Mirzoidov tarjimachilik faoliyatining ilk davrlarida „Ellada qahramonlari“ toʻplamini hamda L. Panteleyev va Grigoriy Belixning „Shkid respublikasi“ asarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Keyinroq esa Garegin Sevuntsning „Tehron“, Vrindavanlal Varmaning „Jhansiy malikasi“, Onore de Balzakning „Gobsek“, Vyacheslav Shishkovning „Sarkash daryo“, shuningdek, Ivan Turgenev, Maksim Gorkiy, Mixail Sholoxov, Aleksandr Fadeyev, Artur Konan Doyl, Mustay Karim asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan[1].
Mirziyod Mirzoidov ijodiy faoliyatida badiiy film tarjimalari alohida o‘rin olgan. Tarjimon jami 12 film, 4 pyesa, 4 telespektaklni rus tilidan o`zbek tiliga oʻgirgan. Jumladan, „Ivan Vasilyevich kasbini oʻzgartiradi“[2][3], „Ishdagi ishq“[4] filmlarini oʻzbek tiligan tarjima qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Amir Fayzulla, Otabek Safarov. „O‘zbek tarjimachiligining munosib vorisi (Mirziyod Mirzoidov)“. Jahon adabiyoti jurnali, 5-son (2019-yil 14-may). 2024-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
- ↑ Jaloliddin Safoyev. „Vatanparvar Bunsha, uddaburon o‘g‘ri va qitmir shoh – mashhur komediya sovet tuzumi haqida nimalar demoqchi bo‘lgan?“. oyina.uz (2023-yil 6-aprel). 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
- ↑ Abror Zohidov. „“Profession de fua” – yarim asrdan beri ekranlardan tushmayotgan Ivan Vasilevich“. kun.uz (2023-yil 2-yanvar). 2024-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
- ↑ Б. Сайфиев. „Дунёда шундай ишлар борки, кирмагандир тушда ҳам фалсафангизга!“. qashqadaryo.uz (2023-yil 22-iyun). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.