GOBSON (Xobson) (Hobson) Jon Atkinson (1858.6.7, Derbi - 1940.1.4, London) — ingliz iqtisodchisi. Oksforddagi Linkoln kollejini tugatgan (1878). 1887-97 yillarda Oksford va London universitetlarida siyosiy iqtisoddan daryo berdi. G. meʼyoriy naflik, meʼyoriy unumdorlik va yetarli isteʼmol etilmaslik nazariyalari tarafdori.

Gobson Jon Atkinson

Asosiy asari boʻlgan "Imperializm" (1902) kitobida iqtisodiyotning asosiy xususiyatlarini batafsil taʼriflab bergan va monopolistik kapitalizmgacha boʻlgan bosqichiga qaytish va parlament islohotlari yoʻli bilan jamiyatni boshqarishni yaxshilash mumkin deb hisoblagan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil