Goga Hidoyatov

tarixchi, professor, tarix fanlari doktori

Goga Hidoyatov (1930-yil 9-may — 2015-yil 10-dekabr) — tarixchi, professor, tarix fanlari doktori (1969), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi. 1961-1994-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Yangi va eng yangi tarix kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Goga Hidoyatov oʻzbek tilidan tashqari rus va ingliz tillarini mukammal bilgan.

Goga Hidoyatov
HqiEsn14497280519956 b.jpg
Tavalludi 1930-yil 9-may
Vafoti 2015-yil 10-dekabr

Tarjimai holiTahrirlash

Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Ota-onasi mashhur oʻzbek drama aktyorlari, SSSR xalq artistlari Abror Hidoyatov va Sora Eshontoʻrayevalardir.

Mixaill Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida oʻqigan (1954).

  • 1958-1961-yillar — Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, 1959-yilda „Angliyadagi zamonaviy ishchi harakati“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
  • 1961-1994-yillar — Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning yangi va eng yangi tarix kafedrasi mudiri.
  • 1964-1965-yillar — Angliyaning Oksford universitetida "XIX asr oxirda Markaziy Osiyodagi katta kurash" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini yozish uchun malaka oshirgan.
  • 1965-1967-yillar — Mixaill Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining katta ilmiy xodimi.
  • 1967-1987-yillar — Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) tarix fakulteti dekani.
  • 1994-1999-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi.
  • 1994-1999-yillar — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) professori.

2005-yilda pensiyaga chiqqan.

Rafiqasi Bobojonova Anila Gʻulomovna (1975-yilda vafot etgan), ikki nafar qizi bor. Qizi — siyosatchi, tarix fanlari nomzodi Nigora Hidoyatova (1964-yilda tugʻilgan). Qizi — jamoat arbobi, tadbirkor Nodira Hidoyatova (1967-yilda tugʻilgan).

15 ta monografiya va 100 dan ortiq maqolalari ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Kolumbiya universiteti professori va tarixchi Edvard Ollvortning "The Modern Uzbeks" ("Zamonaviy oʻzbeklar") asarining ayrim boblarini ingliz tilidan tarjima qilgan. Shuningdek, Xilda Xukxemning Amir Temurga oid asarini ingliz tilidan rus tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11-sinflariga moʻljallangan jahon tarixi darsliklari muallifi. Moskva, Pekin, Dehli, Peshovardagi ilmiy ma'ruzalarda chiqish qilgan. Manchester universiteti, J.Neru universiteti, Madras universiteti, Quddus universiteti, Kolumbiya universiteti, Merilend universiteti, Nyu-York CIty kolleji, Pekin universitetida ma’ruzalar oʻqigan.

Ilmiy faoliyatiTahrirlash

  • „XIX asr oxirida Markaziy Osiyoda ingliz-rus munosabatlari tarixidan“ (1969-yil).
  • Tarix va mafkuraviy kurash / G. A. Hidoyatov / Toshkent : Oʻqituvchi, 1988-yil, 204 bet.
  • Zamonaviy mafkuraviy kurashning asosiy masalalari / G. A. Hidoyatov, R. T. Sarimsoqov /Toshkent. : Oʻzbekiston, 1982-yil
  • Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyodagi ekspansiyasi : (Pende, 1885-yil mart) / G. A. Hidoyatov; Mas’ul muharrir A. L. Narochnitskiy / Toshkent : Fan, 1981-yil
  • Markaziy Osiyoda sotsializm qurilishi va zamonaviy antikommunizm. /Toshkent : Oʻzbekiston, 1978-yil
  • Antik va oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoning janubiy hududlari tarixi va madaniyati: Tanlangan asarlar. Goga Abrorovich Hidoyatov. Toshkent Davlat universiteti, 1988-yil, 104 bet.
  • Vatan tarixi. G. A. Hidoyatov. „Oʻqituvchi“, 1990-yil, 303 bet

Umrining oxirlarida „Turkiy tamaddun“ kitobini yozib tugatadi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • Гордость Узбекистана знаменитый учёный Гога Хидоятов: (к 80-летнему юбилею). В. А Исенгалиева. 2012 — Всего страниц: 86. ISBN 9965141762, 9789965141768

HavolalarTahrirlash