Goldspur
Goldspur — tez hosilga kiradigan olma navi. 1960 yil AQShda Golden delishes navi klonidan ajratib olingan. G. oʻz xususiyatlariga koʻra Golden delishes naviga oʻxshaydi. Hosildor, koʻchati ekilgandan soʻng 2—3 yili hosilga kiradi. Unumdor tuproq va yuqori agrotexnikani talab qiladi. Mevasi sentabr boshida uziladi. P.P. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida oʻtkazilgan tadqiqotlar G. Toshkent vohasi sharoitlarida samarador, istiqbolli nav ekanligini tasdiqladi. G.ni hozirda Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekish tavsiya etilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |