Golpayegan minorasi
Golpayegan minorasi Eronning Golpayegan shahrida joylashgan tarixiy minora. U XI asrdagi eng baland minoralardan biridir. Minora Emam Xomeyni koʻchasida, Oyatulloh Tolegoniy chorrahasida, Fanous bogʻi roʻparasida joylashgan[1].
Golpayegan minorasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Joylashuvi | Eron, Golpayegan |
Koordinatalar | 33°27′09″N 50°17′28″E / 33.452420°N 50.291123°E |
Golpayegan minorasi |
Tuzilishi
tahrirMinoraning ikkita eshigi mavjud. Minora ichida zinapoya ham qurilgan. Minoraning yuqori va pastki qismlarida gʻishtga oʻyib yozilgan kufiy yozuvlari bor. Yozuvlarda sanalar keltirilmagan. Yozuv matni Qur’ondan keltirilgan baʼzi oyatlarni oʻz ichiga oladi. Golpayagan minorasi 900 yillik tarixga ega boʻlib, hozirgacha zilzila, shamol, yomgʻir, sovuq va issiqlik taʼsiri kabi tabiat hodisalariga qarshilik koʻrsatib kelmoqda. Bu Erondagi eng baland minoralardan biri boʻlib, minora tepasiga olib boradigan 64 zinapoyali ikkita dumaloq zina mavjud.
Bu minora qurilishi Saljuqiylar davriga borib taqaladi va ehtimol Golpayegan jome masjidi va Chahar Soʻgʻ bozori kabi qadimiy boʻlishi ham mumkin.
Aytishlaricha, minora karvonlarga yoʻl koʻrsatish uchun qurilgan va shu maqsadda minora tepasidagi xonada chiroq yoqilgan. Chahar Soʻgʻ bozorining janubiy darvozasi minora oldida joylashgan.