Gomogen reaktor
Gomogen reaktor — yadro yonilgʻisi bilan sekinlatkich gomogen aralashma (neytronlar uchun bir xil muhit) hosil qiladigan atom reaktori. Bunda aralashma yadro yonilgʻisi bilan sekinlatkichning suyuq eritmasidan yoki zarralar suspenziyasidan iborat boʻlishi mumkin; suspenziyadagi zarralar oʻlchami esa neytronlarning erkin yugurish uzunligidan ancha kichik boʻladi. Energetika maqsadlari uchun moʻljallangan qaynar reaktorda kukunsimon uran (yoki plutoniy) bilan suv aralashmasi bir jinsli sistemani tashkil qiladi. G.r.da maxsus issiq,lik eltuvchilar ishlatilmaydi. G.r. aktiv zonasidagi issiqlik ikki usulda: shu zonaga oʻrnatilgan aylanma nay orqali sovuq suv yuborib va aktiv zonani aylanib yuruvchi ogʻir suv ichiga oʻrnatib ajratib olinadi. G.r.ni sozlab turish uchun alohida sistema talab qilinmaydi, u bir meʼyorda ishlab turadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |