Gongkong islom ittifoqi
Gonkong islom ittifoqi (traditional Chinese: 香港伊斯蘭聯會; simplified Chinese: 香港伊斯兰联会; pinyin: Xiānggǎng Yīsīlán Lián Huì) – Gonkongdagi islomiy xayriya va notijorat tashkiloti. Ittifoqning bosh qarorgohi Ammar masjidi va Usmon Ramju Sadik islom markazida joylashgan[1].
Joylashuvi | Ammar masjidi va Usmon Ramju Sadik islom markazi |
---|---|
Rais | A. R. Suffiad |
Aʼzolari | 700 |
Vebsayti | Rasmiy sayti |
Tarixi
tahrirTashkilot taxminan 19-asr oʻrtalarida Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo musulmonlari tomonidan tashkil etilga. 1980-yilda tashkilot nizomi Britaniya Gonkongi hukumatining Kompaniyalar toʻgʻrisidagi farmoni ostida yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish talablarini bajarish uchun qayta koʻrib chiqilgan[2].
Faoliyatlar
tahrirTashkilot muntazam ravishda ingliz, indoneziya, xitoy va filippin kabi bir qancha tillarda tikuvchilik, kashtachilik, hunarmandchilik, kompyuter savodxonligi, ingliz tili, jang sanʼati, Qurʼon, azon va boshqalar kabi turli xil darslarni oʻtkazadi[3].
Tashkilot, shuningdek, koʻngilli musulmon shifokorlar va hamshiralar tomonidan xizmat koʻrsatadigan dorixonani oʻz ichiga olgan tibbiy klinikani boshqaradi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Contact Us“. Iuhk.org. 2014-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-aprel.
- ↑ „History of Muslim in Hong Kong“. Islam.org.hk. Qaraldi: 2014-yil 21-aprel.
- ↑ „2007 Programmes“. 2014-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-dekabr.