Goo Hara (1991-yil 3-yanvar — 2019-yil 24-noyabr), Hara mononimi bilan bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa boʻlgan. U Janubiy Koreyaning Kara qizlar guruhining aʼzosi va shuningdek, City Hunter (2011) kabi televideniye dramalarda ishtirok etgan. U solist sifatida debyutini 2015-yil iyul oyida oʻzining Alohara (Can You Feel It?) (oʻzbekcha: Siz buni his qilolasizmi?) mini-albomining chiqishi bilan qilgan. Kara guruhi 2016-yilda tarqab ketganidan soʻng, u oʻzining yakkaxon faoliyatini KeyEast agentligida davom ettirdi. Uning yakkaxon faoliyati 2018-yilda sobiq sevgilisi Choi Jong-Bum unga zoʻravonlik qilgani va uning faoliyatiga zarar yetkazish maqsadida ikkising jinsiy aloqa videosini tarqatish bilan tahdid qilganida Goo sud ishiga kirishganidan soʻng toʻxtatilgan. 2019-yil iyun oyida u yakkaxon faoliyatini Yaponiyada davom ettirdi va u yerda muxlislar tomonidan yaxshi kutib olindi. Uning soʻnggi namoyishi 2019-yil 19-sentabrda chiqarilgan Midnight Queen singli edi.

Goo Hara
Tavalludi 3-yanvar 1991-yil
Janubiy Koreya
Vafoti 24-noyabr 2019-yil(2019-11-24)
(28 yoshda)
Seul, Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • Singer
  • actress
Faoliyat yillari 2008-2019
Imzosi
Fayl:Haraʼs signature.svg

Hayoti va ijodi tahrir

Goo 1991-yil 3-yanvarda Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida tugʻilgan. Gooning ota-onasi onasi oilani tark etganida ajrashishgan. Oʻsh paytda u sakkiz yoshda boʻlgan.[1] Goo va uning akasi buvisi qoʻlida tarbiyalangan, otasi esa oila boqish uchun mamlakat boʻylab qurilishda ishchi boʻlib ishlagan.[2] U Woonchun boshlangʻich maktabida oʻqib, soʻng Jeonam oʻrta maktabida ikki yil davomida yengil atletikachi sifatida mashq qilgan. Goo Seulga Jeonju sanʼat maktabida oʻqiyotganda kelgan va 2005-yilda SM Entertainmentning leybli yoshlar oʻrtasidagi tanlov turnirida ishtirok etgan. Keyinchalik u Donmyung yuqori maktabiga oʻtgan va keyin Sungshin ayollar universitetida oʻqigan. Maktab davrida u internet-kiyim doʻkonlarida model boʻlib ishlagan. 2007-yilda u JYP Entertainmentga qoʻshilish uchun imtihondan muvaffaqiyatli oʻtdi.[3]

Alohara (Can You Feel It) tahrir

2015-yil yanvar oyida Goo Super Junior guruhidan Kim Heechul, EXID guruhidan Hani hamda Sistar guruhidan Bora bilan bir qatorda KBSning A Style For You goʻzallik shousini olib borishni boshlagan.[4] 2015-yil iyun oyida u Nail Hara nomli goʻzallik kitobini chiqargan.[5] 2015-yil iyul oyida Goo yakkaxon ijrochi sifatida mamlakatda 4-oʻrinni egallagan Alohara (Can You Feel It?) mini albobining chiqishi bilan debyut qildi. Choco Chip Cookies bosh singlida janubiy koreyalik reper Giriboy ishtirok etadi.[6][7] 2015-yil oktabr oyida Goo Shaolin Clenched Fists estrada shousiga qoʻshilgan.[8]

Diskografiyasi tahrir

Mini-albomlar tahrir

Nom Tafsilotlar Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar Sotuv
KOR
[9]
JPN[10] TWN
[11]
AQSh dunyosi[12]
Alohara (Can you Feel It? )
  • Chiqarilgan: 2015-yil 14-iyul
  • Leybl: DSP Media
  • Format: CD, raqamli yuklab olish
4 64 34 94
  • KOR: 6280+[13]
  • JPN: 5441+ 

Boshqa koʻrinishlar tahrir

Yil Qoʻshiq Boshqa ijrochi Albom Havl.
2011 "I Love You, I Want You, I Need You (Sweet Acoustic Ver.)" City Hunter OST Special [14]
2014 "Talk About Love" Various artists albomsiz qoʻshiq [15]
2017 "Sign" Thunder feat Goo Hara Thunder [16]
2018 "Shining Day" Jugglers OST [17]

Manbalar tahrir

  1. „Goo Hara's Estranged Mother Went To The Late Star's Funeral And Asked For Photos With Celebs“. TODAYonline. Qaraldi: 10-iyun 2020-yil.
  2. „[팩트체크 어린자식 두고 떠났던 친모가 구하라 재산 절반 상속?“]. 연합뉴스 (12-mart 2020-yil).
  3. „[스타의 모든것③] 구하라 "45명 중 38등이 최악의 성적" - 일간스포츠“. Ilgan Sports (7-dekabr 2009-yil). 14-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2017-yil.
  4. „Gu Ha-ra and Heechul to head fashion program“. Kpop Herald (21-yanvar 2015-yil). 22-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-dekabr 2017-yil.
  5. „KARA Gu Ha-ra to put out beauty book“. Kpop Herald (23-iyun 2015-yil). 22-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-dekabr 2017-yil.
  6. „Goo Ha-ra to make solo debut“. Kpop Herald (7-iyul 2015-yil). 22-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-dekabr 2017-yil.
  7. „Goo Ha-ra releases track list of 'Alohara'“. Kpop Herald (13-iyul 2015-yil). 22-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-dekabr 2017-yil.
  8. „After School′s Uee, Kara′s Goo Hara and miss A′s Fei are Ready to Kick Butt in ′Fists of Shaolin Temple′ Poster“. Mwave (6-oktabr 2015-yil). 22-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-dekabr 2017-yil.
  9. „Gaon Chart“ (ko). Gaon Chart. 9-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2012-yil.
  10. „ORICON STYLE“ (ja). Oricon. 31-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2012-yil.
  11. Chart positions for EPs in Taiwan:
  12. „Billboard World Albums Chart“. Billboard. 2–yanvar 2013–yil. Qaraldi: 30–sentabr 2015–yil. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()
  13. „국내 대표 음악 차트 가온차트!“. 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2016-yil.
  14. City Hunter (Original Television Soundtrack) by Various Artists (ingliz (Britaniya)), January 19, 2017, qaraldi: November 28, 2019
  15. „Talk About Love - Single“. iTunes (10-oktabr 2014-yil). 17-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2015-yil.
  16. THUNDER (inglizcha), December 7, 2016, August 18, 2019da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: November 28, 2019
  17. Jugglers (Original Television Soundtrack) by Various Artists (ingliz (Amerika)), January 30, 2018, 2019-11-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: November 28, 2019

Havolalar tahrir