Goplitlar (hoplitai) — Yunonistondagi ogʻir qurollangan piyoda askarlar (mil. av. 5—4-asrlar). Ular uzun nayza, kalta qilich bilan qurollanib, qalqon, dubulgʻa va sovut kiyishgan. Goplitlar 8 qatordan 25 qatorgacha saf tortib jips holda jangga otlanganlar. Jang paytida oldingi ikki qator jang qilgach, orqadagi qatorlar oldingilarni siqib turgan va safdan chiqqanlarning oʻrnini toʻldirgan. Goplitlar oʻrta mulkdorlar boʻlib, oʻz hisoblaridan qurollanganlar. Mil. av. 4-asrda oʻrta mulkdorlarning xonavayron boʻlishi tufayli goplitlar oʻz ahamiyatini yoʻqotib, asta-sekin yollanma askarlar bilan almashtirilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil