Goratsiy
Goratsiy [toʻliq ismi Kvint Goratsiy Flakk (Quintus Horatius Flaccus)] (mil. av. 65.8.12, Venuziy — mil.av. 8, Rim) — Rim shoiri. Ozod qilintan qul oilasida tugʻilgan. Respublikachilarga xayrixoq boʻlgan. Fuqarolar urushi (mil. av. 42 yil)da respublikachilar magʻlubiyatga uchragach, imperiya bilan kelishuvchilik yoʻliga oʻtgan. "Naqarotlar", "Satiralar", "Qasidalar", "Nomalar" toʻplamlari bilan oʻsha davr sheʼriyatini yangi janr va yangi sheʼriy oʻlchovlar bilan boyitgan. Uch maktubdan iborat "Nomalar" kitobi "Sheʼriyat ilmi" nomi bilan ham mashhur. Bu asar Bualoning "Sheʼriy sanʼati"ga asos boʻlgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |