Gorizontal teleskop
Gorizontal teleskop — optik oʻqi gorizontal joylashgan astronomik asbob. Quyosh betidagi granulalar, doglar va hokazo fotosuratini olishda ishlatiladi. G. t.da selostatdan keyin yordamchi koʻzgudan qaytgan quyosh nuri dastasi tasvir yasovchi optik sistemaga boradi. Yordamchi koʻzgudan qaytgan nur teleskop darchasidan oʻtib, parabolik shakldagi bosh koʻzguga tushadi. Bu koʻzgu Quyoshning 160 mm li tasvirini teleskopning Nyuton fokusida hosil qiladi. Bosh koʻzguning vaziyatini oʻzgartirish yoʻli bilan undan qaytgan nurni Kassegren koʻzgusiga tushirib, diametri 900 mm li Quyosh tasvirini olish mumkin. Quyoshning oq nurdagi tasvirini fotosuratga olish uchun G. t.ning Nyuton va Kassegren fokusiga kamera oʻrnatiladi. G. t. Toshkent astronomiya institutida ham bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |