Gortenziya — toshyorardoshlar oilasining Hydrangea turkumiga mansub bir necha tur xushmanzara oʻsimliklarga berilgan umumiy nom. Bargi oddiy, qarama-qarshi joylashgan. Oq, pushti va qizil gullari toʻpgul hosil qiladi. Urugʻi koʻsakchada, 76 turi bor. Ulardan bir nechasi gulchilikda ekiladi. Xitoy va Yaponiyadan keltirilgan G. (N. macrophylla) va Shim. Amerikadan keltirilgan daraxtsimon G. (N. arborescens) xushmanzara oʻsimlik sifatida parklarda oʻstiriladi. G. parhish va qalamcha bilan koʻpaytiriladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil