Gottentot tillari — koysan tillari oilasiga mansub. JAR shim.ida, Namibiyaning jan. va shim. hududida, Botsvana va Tanzaniyada (sandave tili) tarqalgan tillar. 130 mingga yaqin kishi soʻzlashadi (1991). G.t. kuyidagi guruhlarni oʻz ichiga oladi: 1) kxoy [nama, kora (korana), grikva]; 2) nxauru (naran) tili va uning shevalari; 3) kve (demis, chumakve — shuakve) shevalari guruhi; 4) chu (xiochuvau xaychu-vau); 5) sandave (sandavi).

G.t. affikslarga boy, agglyutinativ xususiyatga ega. Son kategoriyasi birlik, koʻplik va ikkilangan shaklga ega. Feʼlning tuslanishi zamonga koʻra prefiks qoʻshish yordamida amalga oshadi. G.t. koʻpchiligi yozuvsiz, borlari ham mukammal emas. Nama tili (Namibiya) boshlangʻich taʼlimda va diniy adabiyotlarda qoʻllanadi. G.t. boʻyicha ilk tadqiqotlar 19-asrda boshlangan. Yozuvi bir oz qoʻshimcha belgilar bilan lotin alifbosi asosida.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil