Grace Lau
Greys Lau Mo-sheung (1991-yil 19-oktyabrda tugʻilgan)[1] — gonkonglik karatechi. U Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining karate boʻyicha ayollar oʻrtasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. U karate boʻyicha Olimpiada medalini qoʻlga kiritgan birinchi Gonkong sportchisi hisoblanadi[2][3]. Shuningdek, Grace Lau karate boʻyicha Jahon chempionati, Osiyo oʻyinlari va Jahon plyaj oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi karate boʻyicha individual bahslarda bronza medali sovrindori hisoblanadi. U karate boʻyicha Osiyo chempionatining toʻrt karra sovrindori hamdir.
Shaxsiy maʼlumotlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻz tilidagi ismi — 劉慕裳 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilishi — | 19-oktyabr 1991-yil|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sport | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat — Hongkong | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sport turi — Karate | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoʻshimcha — Individual kata | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Medallar
|
Sportdagi faoliyati
tahrirGrace Lau 2015-yili Yaponiyaning Yokogama shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatining kata boʻyicha ayollar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha bronza medallaridan biriga sazovor boʻldi[1]. Oʻsha yili u Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi karate boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida kata boʻyicha bronza medali sohibi boʻldi[4][5].
Grace Lau 2015, 2018 va 2019-yillarda karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2019-yil Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasida kata boʻyicha yakkalik bahslarida kumush medalga egalik qildi[6][7].
2020-yilda Grace Lau Tokio (Yaponiya)da boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Gonkong nomidan qatnashish huquqiga ega boʻldi[8][9]. U ayollar oʻrtasidagi karate bahslarida turkiyalik Dilara Bozanni 26,94 hisobida magʻlub etib, bronza medaliga sazovor boʻldi[3]. Grace Lau, shuningdek, yopilish marosimida Gonkongning bayroqdori ham boʻlgan[10]. Olimpiadadan bir necha oy oʻtgach, u Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha yakkalik bahslarida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritdi[11]. Oradan bir oy oʻtib Qozogʻistonning Olmaota shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor boʻldi[12][13].
Grace Lau 2022-yilda AQShning Birmingham shahrida boʻlib oʻtgan Jahon oʻyinlarida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi[14].
Yutuqlar
tahrirYil | Musobaqa | Joy | Daraja | Tadbir |
---|---|---|---|---|
2015-yil | Osiyo chempionati | Yokogama, Yaponiya | 2 | Individual kata |
2018 | Osiyo chempionati | Amman, Iordaniya | 3 | Individual kata |
Osiyo oʻyinlari | Jakarta, Indoneziya | 3 | Individual kata | |
Jahon chempionatlari | Madrid, Ispaniya | 3 | Individual kata | |
2019 | Osiyo chempionati | Toshkent, Oʻzbekiston | 2 | Individual kata |
Jahon plyaj oʻyinlari | Doha, Qatar | 3 | Individual kata | |
2021-yil | Yozgi Olimpiya oʻyinlari | Tokio, Yaponiya | 3 | Individual kata |
Jahon chempionatlari | Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari | 3 | Individual kata | |
2021-yil | Osiyo chempionati | Olmaota, Qozogʻiston | 3 | Individual kata |
2022 | Jahon oʻyinlari | Birmingem, Amerika Qoʻshma Shtatlari | 3 | Individual kata |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Karate Results“. 2018 Asian Games. 19-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-aprel 2020-yil.
- ↑ Palmer, Dan. „Sanchez the history-maker as karate makes highly-anticipated Olympic debut“. InsideTheGames.biz (5-avgust 2021-yil). Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „HK's Grace Lau captures bronze in kata competition“. rthk.
- ↑ „2018 World Karate Championships“. SportData. 26-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2020-yil.
- ↑ „Results Book“. 2018 World Karate Championships. 26-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-dekabr 2020-yil.
- ↑ Rowbottom, Mike. „Japan earn six titles but Uzbek hosts also golden at Asian Karate Championships“. InsideTheGames.biz (20-iyul 2019-yil). Qaraldi: 23-aprel 2020-yil.
- ↑ „2019 Asian Karate Championships Results“. World Karate Federation. 23-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-aprel 2020-yil.
- ↑ „WKF announces first qualified athletes for Tokyo 2020“. World Karate Federation (18-mart 2020-yil). Qaraldi: 18-aprel 2020-yil.
- ↑ Shefferd, Neil. „World Karate Federation announces first 40 karatekas to have qualified for Tokyo 2020“. InsideTheGames.biz (18-mart 2020-yil). Qaraldi: 18-aprel 2020-yil.
- ↑ „List of closing ceremony flag bearers“. 2020 Summer Olympics. 4-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2021-yil.
- ↑ „2021 World Karate Championships Results Book“. World Karate Federation. 21-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2021-yil.
- ↑ Houston, Michael. „Bronze medals won on penultimate day of Asian Karate Championships“. InsideTheGames.biz (21-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
- ↑ „2021 Asian Karate Championships Results Book“. Sportdata.org. 22-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Karate Results Book“. 2022 World Games. 10-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2022-yil.