Gramm-ekvivalent
Gramm-ekvivalent — kimyoviy element yoki moddaning kimyoviy ekvivalent massasiga son jihatdan teng qilib olingan grammlar hisobidagi miqdori. Kimyoviy elementning gramm-ekvivalentini topish uchun uning atom massasini valentligiga boʻlish kerak. Masalan, alyuminiyning ekvivalenti 9 (atom massasi 27, valentligi 3)ga teng, uning gramm-ekvivalenti 9 g. Sulfat kislotaning ekvivalenti 49 (mol. m. 98, negizliligi 2), uning gramm-ekvivalenti 49 g va hokazo. Gramm-ekvivalent hajmiy analizda keng qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |