Grammatik kategoriya - 1) maxsus koʻrsatkichlar yordamida soʻzlarning oʻzgarishi, birikish va gap hosil qilish qoidalariga asoslangan umumgrammatik tushuncha. G. k. grammatikaning qaysi sohasiga oidligiga koʻra morfologik va sintaktik kategoriyaga boʻlinadi. Sintaktik kategoriyalar morfologik kategoriyaga teng boʻlmaydi. Mas, bizning oila — toʻq oila. Bu jumlada morfologik jihatdan toʻrt soʻz, uch xil soʻz turkumi bor (olmosh, ot va sifat, ot), sintaktik jihatdan esa faqat ikki boʻlak — ega va kesim mavjud. Fe'lda 3 ta gramatik kategoriya bor. Mayl,zamon,shaxs-son kategoriyasi

Ld.:Gʻulomov A. Gʻ., Asqarova M. A., Hozirgi zamon oʻzbek tili, T., 1961.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil