Grampian togʻlari - Shim. Shot landiya togʻligining jan. qismi; Buyuk Britaniyadagi eng baland togʻlar. Shim. da Glen-Mor vodiysi, jan.da Shotlandiya payettekisligi bilan chegaralangan. Uz. 250 km, eni 100 km. Eng baland choʻqqisi — Ben-Nevis (1343 m). Toʻrtlamchi davrdagi muzlanishning izlari qolgan. Veresk oʻsib yotgan yaylovlar, torf botqoqliklari, vodiylarda tilogʻoch oʻrmonlari bor. Moʻʼtadil okean iqlimi, yozi salqin, yiliga 1000 mm yogʻin yogʻadi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil