Grauvakka
Grauvakka (nem. grau — kulrang, Waske — gilli jins) — kam gʻovakli, zich donador, tarkibi oʻzgaruvchan choʻkindi togʻ jinsi. Magmatik va choʻkindi togʻ jinslarining turli mineral boʻlakchalaridan iborat. Kremniy yoki slaneslar bilan sementlanadi. Rangi odatda, toʻq kulrang, qora yoki toʻq yashil (sement tarkibidagi xlorid hisobiga) buladi. G. geosinklinal oblastlar uchun xos, kalin qatlamlar hosil qilgan. Oʻzbekistonning ChatqolQurama togʻlaridagi devon va toshkumir (karbon) davri yotqiziqlarida keng tarqalgan. G. qurilishda, sement tayyorlashda keng ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |