Gravitatsion boyitish - foydali minerallarni begona jinslardan ajratib olish usuli. Ularning zichliklari orasidagi farqqa asoslanadi. Mil. av. 2 minginchi yillardayoq qoʻrgʻoshin va oltinni ajratib olishda G.b. usulidan foydalanishgan. 14—15-asrlarda zamonaviy oltin yuvish mashinasiga oʻxshash mashinalar yaratildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlariga kelib foydali qazilmalarga ehtiyoj koʻpayganligi sababli G.b. keng qoʻllanila boshlandi. G.b.ning suvda va havoda amalga oshiriladigan xillari bor. Suvning zichligi ancha yuqori boʻlgani uchun suvdagi G.b.da foydali minerallar juda aniq ajralib chiqadi. Havoda boyitiladigan mahsulotlarni suvsizlantirish talab qilinmaydi. Bu esa mahsulotlarni transport vositalariga ortish qiyin boʻladigan sovuq joylarda qulaylik yaratadi. G.b.da yerning tortish kuchidan (nomi shundan), markazdan qochma va elektromagnit kuchlardan ham foydalaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil