Grenadyorlar
Grenadyorlar (frans. granidiers, grenade — granata) — Yevropa armiyalarida 17—20-asrlarda piyoda qoʻshin turi; qoʻl granatalarini otish uchun saralab olingan askar guruhi. 18-asr oxiridan saralangan piyoda qism va qoʻshinlar. Otliq G. ham boʻlgan. Yevropa armiyalarida 17-asrning oʻrtalarida paydo boʻlgan. 1667—70 yillarda Fransiyada G. piyoda jangchilarning maxsus qismi tashkil qilingan. Rossiyada G. rotalari birinchi marta 1694 yilda tashkil topdi. 1708 yilda G. rotalari 5 ta grenader polkiga ailantirilgan. 1811 yilda G. diviziyalari,1814 yil da esa G. korpuslari tashkil qilindi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |