Gretsiya — Litva munosabatlari

Gretsiya — Litva munosabatlari. Gretsiya va Litva oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar boʻlib, har ikki davlat Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi va NATOning toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Gretsiya 1922-yilda Litva davlatini tan oldi va ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar faqat 1992-yilda tiklandi. Gretsiya Boltiqboʻyi davlatlarining SSSR tomonidan qoʻshib olinishini rasman tan olmadi. Litvada 1997-yildan beri Afinada elchixonasi va Salonikida faxriy konsulligi faoliyat ko‘rsatmoqda, Gretsiya esa faqat 2005-yildan beri Vilnyusda o‘z elchixonasiga ega sanaladi.

Ikki tomonlama shartnomalar

tahrir

Ikki davlat quyidagi qator shartnomalarga hisoblanadi.

Investitsiyalarni himoya qilish shartnomasi ikkala mamlakatda oʻzaro kapital ayirboshlash evaziga yoʻlga qoʻyilgan eng yirik kelishuv shartnomalardan biri sanaladi.

Madaniy, turizm, iqtisodiy, sanoat va texnologik hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim boʻlib ikkala mamlakat oʻrtasidagi viza rejimi shuningdek savdo aloqalarda muhim sanalagan.

Avtomobil va dengiz transporti boʻyicha shartnoma tovar mahsulotlar ekport import aloqalari uchun muhim hisoblangan.

Oʻzaro vizani bekor qilish toʻgʻrisidagi bitim boʻlib asosan Gretsiya va Litva fuqorolari oʻzaro erkin harakat qilish uchun moʻljallangan bitim sanaladi.

Shaxslarni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi shartnoma va maxfiy maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi shartnomalar amalga oshirilga[1].

2020-yilda Gretsiya va Litva oʻrtasidagi savdo aylanmasi 98 million yevroga yetdi va Gretsiya Litvaning 42-yirik savdo hamkor mamlakati sanaladi[2]. Savdo balansida Gretsiyadan Litvaga eksport ustunlik qiladi. Importning oʻzi esa 45,2 million yevroni tashkil etadi, eng katta importi oziq-ovqat mahsulotlari va yongʻoqlar (19%), efir moylari (7%), reaktorlar, qozonlar va ularning qismlari (6%) tamaki va uning oʻrnini bosuvchi mahsulotlar (5%) egallagan.

Diplomatik missiyalar

tahrir
  • Gretsiya Litvada oʻz manfaatlarini Vilnyusdagi elchixonasi orqali himoya qiladi.
  • Litva Gretsiyadagi manfaatlarini Afinadagi elchixonasi hamda Saloniki va Irakliondagi ikkita faxriy konsulliklari orqali ifodalaydi[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Министерство иностранных дел Литвы. Соглашения с Грецией“ (lt). 2012-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
  2. „Греция.“ (lt). 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
  3. „Посольство Литвы в Афинах“ (lt). 2013-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.