Saloniki, Fessaloniki (grekcha: Θεσσαλονίκη) — Yunonistondagi shahar, Egey dengizining Termaikos qoʻltigʻi sohilidagi yirik port (yiliga 10 mln. t yuk ortibtushiriladi), Bolqon yarim orol davlatlari uchun tranzit port. Saloniki nomi (viloyat)ning maʼmuriy markazi. Aholisi 378 ming kishi, shahar atrofi bilan 749 ming . Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Iqtisodiy ahamiyati boʻyicha mamlakatda Afina shahridan keyin 2oʻrinda. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, metallsozlik, mashinasozlik (xususan, kemasozlik va kema taʼmirlash), toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, sellyulozaqogʻoz sanoati korxonalari mavjud. S.da har yili kuzda xalqaro yarmarka oʻtkaziladi. universitet, arxeologiya muzeyi bor.

Saloniki
Skyline of Saloniki Fessaloniki Θεσσαλονίκη
Saloniki Fessaloniki Θεσσαλονίκηning bayrogʻi
Bayroq
2011 Dimos Athineon.png
40°38′25″N 22°56′8″E / 40.64028°N 22.93556°E / 40.64028; 22.93556Koordinatalari: 40°38′25″N 22°56′8″E / 40.64028°N 22.93556°E / 40.64028; 22.93556
Hukumat
 • mer Yannis Butaris
[[File:|290px|Saloniki xaritada]]
Red pog.png

S.ga mil. av. 315 yilda Makedoniya shohi Kassandr tomonidan asos solingan.

Mil. av. 148 yilda rimliklar qoʻl ostiga oʻtdi. Vizantiya davrida ahamiyati boʻyicha Konstantinopoldan keyin 2oʻrinda turgan. 1430-yildan Usmonli turklar saltanati tasarrufiga oʻtgan, 1912—13 yillardagi Bolqon urushidan keyin Yunoniston tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklardan qad. Rim saroy ansambllari, qalʼa devorlari va minoralar, qasr (14-asr), cherkov (4-asr) saqlangan.[1][2]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Thessaloniki and the Bulgarians.History. Memory. Present. https://www.solunbg.org/en/