Edvard Hagerup Grieg (talaffuzi: Grig; 1843.15.6 – Bergen – 1907.4.9) -norveg kompozitori, pianinochi, dirijyor, norveg milliy musiqa maktabi asoschisi. Leypsig konservatoriyasini tamomlagan (1862). Griegning ijodiy faoliyati Norvegiya milliy madaniyati yuksalishi davrida shakllangan. U Kristianiya (hoz. Oslo sh.)da Musiqa akademiyasini (1867) va Musiqa jamiyati (hoz. Filarmoniya, 1871) ni tashkil etgan. Pianinochi va dirijyor sifatida Yevropa mamlakatlarida konsert berib, milliy kompozitorlar asarlarini targʻib etgan. Grieg xalq kuylarini toʻplab, koʻplarini qayta ishlagan („Norveg raqslari“, „25 ta xalq raqs va qoʻshigʻi“ va b.). Grieg ijodida Norvegiya tabiati, xalq hayoti lavhalari nozik did bilan ifodalangan. Koʻpchilik asarlari kamer janrlarida: fortepiano pyesalari („Xalq hayoti manzaralari“, 10 daftardan iborat „Lirik pyesalar“ va b.), violonchel bilan fortepiano, skripka bilan fortepiano (3 ta) va fortepiano uchun sonatalar, norveg, daniya va nemis shoirlari sheʼrlariga yozilgan romanlar va qoʻshiqlar (150 tadan ziyod), torli kvartet, kvintet va boshqalar. Eng yaxshi orkestr asarlari teatr bilan bogʻlangan (Ibsenning „Per Pont“ pyesasiga 2 ta syuita, 1875; Byornsonning „Sigurd salibchi“ dramasiga musiqa, 1892). Fortepiano va orkestr uchun konserti (1868), „Xolberg zamonidan“ syuitasi (1885), „Simfonik raqslar“i (1898) mashhur. Shvesiya va Leyden musiqa akademiyalari (1872, 1883), Parij va Berlin sanʼat akademiyalari (1889, 1897) aʼzosi, Kembrij va Oksford universitetlarining musiqa doktori (1893, 1906). Oʻzbekistonda fortepiano va orkestr uchun konserti, „Per Gyung“ syuitasi va kamer asarlari ijro etilmoqda[2].

Edvard Grieg

Grig 1888-yilda
Tavalludi 15-iyun 1843[1]
Bergen, Shvetsiya-Norvegiya
Vafoti 4-sentyabr 1907[1]
Bergen, Norvegiya
Fuqaroligi Norvegiya
Kasbi
  • Bastakor
  • pianinochi
Mashhur ishlari Kompoziyalar roʻyxati
Turmush oʻrtogʻi nikoh
Onasi Gesine Hagerup

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil